SALAFI SOLIHLAR VA “SALAFIYLAR”
Salafi solihlar - Paygэambarimiz Muhammad alayhissalom tarafdan maqtalgan, ilk hijriy uch asr avlodlaridir. Shu davrda yashab otgan sahoba, tobein va tabaa tobeinlardan iborat olimu fuzalolar, mujtahidlarni “salafi solihlar” atamasi mutlaq o'z ichiga oladi. Payg'mabarimiz alayhissalom shunday marhamat qilganlar:
خير الناس قرني ثم الذين يلونهم ثم الذين يلونهم ثم يفشو الكذب حتي يشهد الرجل و لا يستشهد و يحلف الرجل و لا يستحلف
Yani: “Insonlarning eng yaxshisi mening asrdoshlarim. So'ngra ularga yaqin bo'lgan (tobein)lar. So'ngra, ularga yaqin bo'lgan (tabaa tobein)lardir. Ulardan keyin yolg'onchilik tarqalib ketadi. Hatto biror kishiki, undan guvohlik so'ralmasada (yolg'ondan) guvohlik beraveradi, undan qasam ichish so'ralmasada (noo'rin) qasam ichaveradi”.
Shu hadisga asosan Islom dinining dastlabki uch asriga mansub avlodlari eng yaxshi solih insonlar, deb e'tirof etiladi. Bugungi kunda mashhur to'rt fiqhiy mazhab—Hanafiy, Molikiy, Shofe'iy va Hanbaliy mazhabi muassislari va ularning ashoblari ayni yuqoridagi hadisda maqtab o'tilgan avlod vakillaridan hisoblanadilar. Ulardan keyingi davr—hijriy to'rtinchi asrdan keyingi barcha davr vakillaridan iborat xalaf olimlari, fozil-u avliyolarga ham “salafi solih”, “salafiy”, degan atamani ishlatilmaydi.
Salafiylar—hijriy yettinchi asrning oxirlarida Ahmad ibn Taymiya al-Harraniy (661-728 hj.) boshchiligida, asosan ahli sunna imomi—imom Ash'ariy (r.a.) tomondan talqin qilingan aqoidiy islohotlarni rad qilish bilan ortaga chiqqan toifa. Ahmad ibn Taymiya va uning yaqinlaridan iborat sanoqli shaxslarning fikricha, imom Ash'ariy (r.a.) ta'limotida ahli hadislar aqoidiga zid bo'lgan mafkura va qarashlar mavjud bo'lgan. Ibn Taymiya imom Ash'ariy o'z ta'limotida, Allohning ism va sifatlari masalasida zarurat yuzasidan qo'llagan ta'vil uslubini inkor etadi, oyat va hadislarning zohiriga binoan hukm qilish lozimligini ta'kidlab, nasslardagi majozni rad etadi. Shu yo'l bilan u go'yoki, ahli hadislar aqoidini qayta jo'nlantirmoqchi, tahrif va tabdillarni yo'q qilmoqchi ekanini iddao qiladi.
Ibn Taymiya o'z yo'nalishini “Manhaju salafis-solih” (salafi solihlar yo'li), degan nom bilan ataydi. Va ana shu manhaj asosida hayot kechirish kerakligini ta'kidlaydi. Natijada u asos solgan oqimni uning targ'ibotchilari tomondan “SALAFIYYa”, deb tanitila boshlandi. Nimagaki, unda Islom ahkomlari zamon talabiga emas, balki salafi solihlar davri—hijriy sananing dastlabki uch asriga mos tarzda ijro etilishiga jiddiy ahamiyat berilar va shunday yo'l tutishga targ'ib qilinar edi. Ularning aytishicha, “salafiylik” yo'li faqat kitob (Qur'oni karim) va sunnati nabaviya asosiga barpo qilingan bo'lib, unda Islom dini ahkomlari qayta jo'nlantiriladi, unutilgan va o'zgartilgan hukmlar asl holiga qaytariladi. Islom bid'at va hurofotlardan tozalanadi, kufr va shirkiy aqidalarga barham beriladi. Mana shu go'ya “salafiylik”ning boshqa diniy guruhlardan ajratib turuvchi eng asosiy g'oyasidir.
Abbosxojayev Muhammad Ali
"HIDOYA" оʻrta Maxsus Islom
bilim yurti 52-guruh talabasi