Qadr kechasi alomatlari
1. Qadr kechasida sokinlik hukm suradi. Atrof musaffo, yorug‘, xuddi sukunatga o‘ralgan yog‘duli oy charaqlab turgandek bo‘ladi.
2. Osmondagi yulduzlar uchmaydi, boshqa jismlar qaltis harakat qilmaydi. Kasalliklar paydo bo‘lmaydi.
3. Havo mo‘'tadil bo‘ladi, juda issiq ham, juda sovuq ham bo‘lmaydi.
4. Ertalab quyosh qizarib, tog‘araga o‘xshash, yog‘dusi juda zaif bo‘lib ufqdan bosh ko‘taradi. Sababi o‘sha tun va kunda ko‘p farishtalar yerga tushib-chiqib turishi oqibatida quyosh nurlarini ham to‘sib qo‘yadi.
5. Qadr kechasida yomg‘ir-qor yog‘maydi, yog‘sa ham o‘ta mayin va yoqimli bo‘ladi. Sho‘r suvlar chuchuk bo‘ladi.
6. Daraxtlar o‘z shoxlarini yerga egiltirib turadi.
7. O‘sha kuni shaytonlar chiqishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
U qanday fazilatlarga ega? U ming oydan yaxshiroq kechadir, deyiladi. Agar bu hisob-kitob qilib ko‘rilsa, taxminan, 83,3 yilga to‘g‘ri keladi. Mana shu kechada qilinadigan ibodatlar, zikrlar, salovot-u tasbehlar, duolar ana shunday vaqt kengligini qamrab oladi.
Bu – shu muborak kechada qilingan ibodatlar shuncha yil davomida bajarilgan ibodat savobidan afzal, deganidir. Bundan ortiq bu kechaning yana qanday go‘zal va ulug‘vor fazilati bo‘lishi mumkin?
Qolaversa, bu kecha omonlik va barokot kechasi. Unda bandaning bir yillik hisob-kitobi yer yuziga tushiriladi. Bu kechada banda bedor bo‘lib, Allohga muxlis holatida, ya'ni ixlos ila duo qilsa, gunohlari mag‘firati, ikki dunyo saodati, o‘zining ehtiyojlari haqida so‘rasa, duosi shubhasiz ijobat bo‘ladi.
Axmedov A'zamsho
"HIDOYA" оʻrta Maxsus Islom
bilim yurti 52-guruh talabasi