Яратилиш санаси 18.04.2023

Ramazon mehr-muruvvat oyidir.

Ramazon hayitida ota-ona, qarindosh-urugʻlarni ziyorat qilish, bemorlar va koʻngli yarim kishilar holidan xabar olish, ularga moddiy va ruhiy tasalli berish koʻp savobli amallardan.Hayit bayramlari barcha musulmonlar shodlik va xursandchilik izhor qiladigan kunlar hisoblanadi.

Hayit bayrami kunlari – ibodat va shukrona kunlari, xursandchilik va shodlik kunlaridir. Bu dunyo va oxirat yaxshiliklari jamlangan ulugʻ kunlar hisoblanadi. Hayit bayramida saylgohlarga chiqish, qavmu-qarindoshlarni ziyorat qilish bilan bu kundagi umumiy xursandchiliklar doirasi kengayadi, ularga sovgʻalar ulashiladigan boʻlsa oʻzaro mehr-muhabbat rishtalari mustahkamlanib, shodu xurramliklar yanada ziyoda boʻladi.Hayit bayrami jamiyat aʼzolari orasidagi gina-adovatlar va turli koʻngilsizliklarni ketkazish hamda ular oʻrtasida mehr-oqibat rishtalarini yanada mustahkamlash singari ezgu amallar sanasidir.Yana shuni yodda tutish lozim, hayit – bayram, uni azaga, xafagarchilikka aylantirmaslik darkor. Oʻtganlarni eslash, ularni ruhlarini shod etib duoi xayrlar qilish yaxshi amal hisoblanadi, lekin bular hayit bayramiga aslo taʼsir qilmasligi lozim.

Umarov Abdulafiz

“Hidoya” o'ta maxsus
islom bilim yurti talabasi