Silai rahmning fazilati
“Silai rahm” arabcha so‘z bo‘lib, “sila” – bog‘lash, “rahm” – qarindosh (onaning bachadonini ham rahm, deyiladi), ya'ni “qarindosh urug‘lik aloqalarini bog‘lash” degan ma'noni bildiradi.
Silai rahm qilish – o‘zgalarga nisbatan qarindoshlariga g‘amxo‘r va muhabbatliroq bo‘lish, ulardan xabardor bo‘lib, moddiy-ma'naviy jihatdan qo‘llab turishdir.
Silai rahmga eng haqdor kishilar ota-ona, aka-uka, opa-singil kabi qon-qarindoshlardir.
Qur'oni karimning bir qancha oyatlarida qarindoshlik aloqalarini bog‘lashning fazilati va uni uzishning yomonligi haqida so‘z yuritilgan:
“Ular Alloh bog‘lanishga buyurgan narsalarni (ya'ni qarindoshlar bilan aloqani) bog‘laydilar, Parvardigorlaridan qo‘rqadilar va (oxiratda) hisob-kitobning noxush kechishidan cho‘chiydilar” (Ra'd surasi, 21-oyat).
Alloh Taolo silai ramda bardavom qilsin. Qarindoshlari bilan kelishmay, gina adovat qilib silai rahmni kesuvchilardan bo‘lmaylik.
Mehmonov Jahongir
“Hidoya” o'rta maxsus
islom bilim yurti talabasi