Яратилиш санаси 12.04.2023

NAVOIY IJODIYOTIDA TAZKIRACHILIK AN`ANASI

Annotatsiya. Ushbu kichik tadqiqotimizda Alisher Navoiyning nasrda badiiyat yaratishi, o‘z zamonasining etuk kishilariga o‘qirman sifatida bergan bahosining bugungi kun uchun ahamiyatli jihatlari haqida fikr yuritdik.

Kalit so‘z. Tazkira, estetik tafakkur, g‘azal, bayt, iqtibos, badiiyat mezonlari

Аннотация. В этом небольшом исследовании мы обсудили творчество Алишера Навои в прозе, важные аспекты его оценки зрелых людей своего времени как читателя на сегодняшний день.

Ключевое слово. Критерии тазкиры, эстетического мышления, газели, байта, цитаты, искусства.

Annotation. In this small study, we thought about the importance of Alisher Navoi's creation of art in prose, his assessment of the mature people of his time as a reader for today.

Keyword. Criteria of tazkira, aesthetic thinking, ghazal, byte, quotation, art.

Ilm, fan, san’atning barcha sohalari ma’lum an’analarga bo‘ysunadi, ammo bu qonuniyat qaysidir mezonga mutlaq mos tushadi degani emas. Bugungi kunda tinimsiz xarakatda bo‘lgan o‘zbek adabiy-estetik tafakkurida ijodkor e’tiqodiy qarashlari bosh o‘rinda turadi. Negaki, e’tiqod “badiiy ijodga xos eng muhim tushunchalardan biri bo‘lib, u ijodkorning xohishi, istagi asosida yotuvchi narsa va shaxsning qanday darajada bo‘lishini anglatadi”[1].

Mumtoz badiiyatda bo‘y ko‘rsatgan jo‘shqin ko‘ngil bitiklaridagi badiiyatni aniqlash, uning paydo bo‘lishi, individga, millatga va umuminsonga, qolaversa e’tiqodimizga xos alohida jihatlarni, hamda arabiy matnlarni ijodkor asarlarida qo‘llanilishi bilan bog‘liq jihatlarni Alisher Navoiy ijodi misolida tekshirish o‘z echimini kutayotgan masalalar sirasiga kiradi. Ushbu izlanishning maqsadi ham Alisher Navoiy nasri asarlarini o‘rganish, tahlil qilishdan iboratdir.

Alisher Navoiy nasriga xos xususiyatlar, unda arabiy matnlarni qo‘llanilishini ta’minlagan omillarni ko‘rib chiqish ishimizning maqsadini tayin etadi. Ushbu maqsadga erishish uchun matnshunoslik masalalariga oid nazariy qarashlarni umumlashtirish bilan bir qatorda:

Alisher Navoiy nasriy asarlarini tahlil qilish ;

Ijodkor nasriy asarlari tasnifini yaratish;

Navoiy nasriy asarlariga xos badiiyat mezonlarini aniqlash;

kabi vazifalarni bajarish lozim. 

Ijodkor hayoti, ruhiy kechinmalari, qiyofasi bitiklarida namoyon bo‘ladi. Asar mutolaasiga berilgan har qanday o‘quvchi ijodkor maqsadini anglaydi. Ammo bor holicha tushunish, asarlariga to‘liq baho berish uchun u haqidagi tadqiqotlar bilan ham tanishishga ehtiyoj tug‘iladi. Bizgacha Alisher Navoiyning hayoti va ijod yo‘lini tadqiq etishda soha vakillari, adabiyot muhiblari Akbarova M.[2], A’zamov A.[3], Axmedov T.[4], Bertels E.E[5], Qayumov A.[6], Dilnavoz Yusupova[7]lar turlicha talqinlarda Navoiy ijodi badiiyatiga, shaxsiy fazilatlariga, adabiy kechim(jarayon), balki, adabiy tafakkurdagi o‘rniga baho berib, yangi qirralari to‘g‘risida fikrlarini bayon qilganlar.

Jumladan Buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy tarjimai holi va asarlarining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari haqida adabiyotshunoslikda “ko‘p va xo‘b” aytilgan. Navoiy dunyoqarashining yorqin jihatlari, shaxsiyatiga xos xarakterli belgilar, asarlaridagi ma’no, ohang, ifoda va tasvir usuli ham bir necha tadqiqotlar uchun asos bo‘lgani ayon. Ammo har qanday masalani atroflicha yoritish, uning ilk ildizlari, yuzaga kelish sabablarini tarixiy voqelik bilan bog‘liqlikda tahlil qilish tadqiqotchini ham, o‘quvchini ham masalaning asl mohiyatiga ancha yaqinlashtiradi. Zabardast olima, filologiya fanlari doktori, professor Almaz Ulviy (Binnatova)ning “Alisher Navoiyning asri va nasri (ilmiy-filologik va diniy-tasavvufiy asarlari)” nomli monografiyasi ana shu – Alisher Navoiy yashagan ijtimoiy-madaniy muhit, ulug‘ shoirning ma’naviy-axloqiy qiyofasi va nasriy asarlarining o‘ziga xos jihatlari bir butun tarzda o‘rganilgani bilan navoiyshunoslik fanida alohida mavqe egallaydi.

[1] Ҳотамов Н., Саримсоқов Б., Адабиётшунослик терминларининг русча –ўзбекча изоҳли луғати, -Т.: Ўқитувчи, 1979, 16-б.

[2] Акбарова М., Алишер Навоий ғазалларида қофия: Филология фанлари ном. дис. ... автореф. –Тошкент, 1997. – 20 б. 

[3] Аъзамов Абдулла. Аруз: Алишер Навоий ва Заҳириддин Муҳаммад Бобур сабоқлари. –Тошкент: Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий кутубхонаси, 2006. – 224 б.

[4] Аҳмедов Т., Алишер Навоийнинг “Лайли ва Мажнун” достони. – Тошкент: Фан, 1970. -140 б.

[5] Бертельс Е.Э. Избранные трудыю Наваи и Джами. – М.: Наука. 1965. – 500 с.

[6] Қаюмов А., Нодир саҳифалар. Навоийнинг кам ўррганилган баъзи асарлари тўғрисида. – Тошкент: Фан, 1991. – 144б.

[7] Юсупова Д., Алишер Навоий “Хамса”сида мазмун ва ритмнинг бадиий уйғунлиги. – Т.: Мумтоз сўз, 2011. -133 б.

Otaxanov Adhamjon 

"Ҳидоя" ўрта махсус ислом
билим юрти мударриси