Яратилиш санаси 12.05.2023

Sayyidul-istig‘for duosini o‘rganamiz

“Allohumma anta Robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana ’abduka va ana ’ala ahdika va va’dika mastato’tu. A’uzu bika min sharri ma sona’tu, abuu laka bi ne’matika alayya va abuu bizambiy fag‘firliy zunubiy fainnahu la yag‘firuz-zunuba illa anta birohmatika ya arhamar rohimiyn”.

“Allohim! Sen mening Rabbimsan. Sendan boshqa iloh yo‘q, faqatgina Sen borsan. Meni Sen yaratding. Shubhasiz, men Sening bandangman. Kuchim yetgani qadar Senga bergan so‘zimda turishga harakat qilyapman. Yo Rabbiy, qilayotgan gunohlarimdan Sendan panoh tilayman. Menga lutf etgan ne’matlaringni e’tirof qilaman. Gunohlarimni ham e’tirof etaman. Yo Rabbiy! Meni mag‘firat et. Zero, Sendan boshqa meni mag‘firat qiladigan iloh yo‘q”.

Ushbu istig‘for haqida Rasululloh (s.a.v.) shunday deganlar: “Har kim ixlos bilan, savob va fazilatiga ishongan holda, bu duoni ertalab o‘qib, oqshomga yetmay o‘lsa, u inson jannatidir. Agar savob va fazilatiga ishongan holda ixlos bilan oqshom o‘qib, tongga yetmay o‘lsa, u inson ham jannat ahlidandir” (Buxoriy rivoyati).

Bobojonov Samandar

“Hidoya” o'rta maxsus 
islom bilim yurti talabasi