Яратилиш санаси 15.05.2023

Duo - ibodatdir!

Bizlarni behudaga yaratmagan, har birimizdan birma bir Oʻzi hisob kitob qiluvchi, agar Oʻzi fazl qilmasa biror jonzot najot topmaydigan Parvardigori olamga beadad hamdu sanolar boʻlsin. Har kuni va har kecha oʻz ummatlari uchun gʻam va qaygʻu chekkan, ertayu kech ummatlarini duo qilgan, erta qiyomatda ham hamma moʻmin-musulmonlarni shafoat qiladigan Paygʻambarimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga cheksiz durudu salovotlar boʻlsin.

Dunyodagi biror bir ish Parvardigorning xohishisiz amalga oshmaydi. Alloh taolo nimani iroda qilsa mana shu ish albatta amalga oshadi. Chunki U barcha olamlarning Robbisidir. Bizlarning ishlarimiz hammasi xoh u uxroviy boʻlsin, xoh u dunyoviy boʻlsin barcha-barchasi Yaratuvchimizning izniga bogʻliq. Demak, mana shunga iymon keltirgan boʻlsak, biz tamoman Xudoi taologa muhtojmiz. Har bir ishimizni xoh unga kuchimiz, aqlimiz yetsin-yetmasin Alloh haq subhanahu va taolodan soʻrashimiz lozim. Allohning ham buyrugʻi shu:

وَإِذَا سَأَلَكَ عِبَادِي عَنِّي فَإِنِّي قَرِيبٌ أُجِيبُ دَعْوَةَ الدَّاعِ إِذَا دَعَانِ فَلْيَسْتَجِيبُواْ لِي وَلْيُؤْمِنُواْ بِي لَعَلَّهُمْ يَرْشُدُونَ

“Ey Rasulim! Bandalarim sendan Meni soʻrasalar, Men ularga yaqindurman. (deb ayt) Menga duo qilsalar, iltijo qiluvchilarning duolarini ijobat qilgaydurman. Axir, ular ham Mening buyruqlarimni ijobat qilsinlar va Menga haqiqiy iymon keltirsinlar, shoyad toʻgʻri yoʻlda yurgaylar. (Baqara surasi 186-oyat)

Musulmon kishi duosiz yurmasligi kerak. Har bir ishida, hayotidagi vaziyatlarda, qolaversa oʻzining xulqining oʻzgarishiga va oxiratining obod boʻlishligiga, yon atrofidagilarning haqqiga doimo iltijo qilib Allohdan soʻrashi kerak. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam. dedilar:

عن علي رضي الله عنه قال : قال رسول الله صلى الله عليه وسلم : “ الدُّعَاءُ سِلاحُ الْمُؤْمِنِ ، وَعِمَادُ الدِّينِ ، وَنُورُ السَّمَاوَاتِ وَالأَرْضِ”

“Duo moʻminning quroli, dining ustuni va yeru osmonlarning nuridir”

عَنْ سَعْدٍ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ -صلى الله عليه وسلم- قَالَ “ اللَّهُمَّ اسْتَجِبْ لِسَعْدٍ إِذَا دَعَاكَ ”.

“Allohim, Saʼd Senga qachon duo qilsa, duosini qabul aylagin!”

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Uch duo mustajobdir. Ularda shak yo'q. Ota-onaning duosi? musofirning duosi va mazlumning duosi», dedilar». Abu Dovud, Ahmad va Termiziy rivoyat qilishgan.

Sharh: Demak, ushbu uch toifaning yakhshi duosini olishga va yomon duosidan qurqishga utish kerak.
Ota-onaning duosini olib, qargishidan ehtiyot bulish har bir farzand uchun uta muhimdir. Bu mano boshqa erlarda batafsil bayon qilingan.

Musofir odam ham uzining safardagi holati ila Alloh taologa yaqin bir vaziyatga utib qoladi. Shuning uchun uning duosi ham qabul buladi. Mazlum odam zulm tufayli Alloh taologa iltijosi kuchaygan va duosi maqbul buladigan bulib qoladi.

Yana usha kishidan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Uch toifaning duolari rad qilinmas: ruzadorniki, to ogzini ochguncha. Odil imomniki. Mazlumning duosini Alloh bulut ustiga kutaradi va unga osmon eshiklarini ochadi. So'ngra Robb: «Izzatim ila qasamki, senga keyinroq bulsa ham, nusrat berurman», deydi», dedilar».

Sobirjonov Abdurahim

“Hidoya” o'rta maxsus 
islom bilim yurti talabasi