Ota – onaga yaxshilik qilish
Muqaddas Islom dini insonlarni doimo yaxshilikka chaqiradi va yomonlikdan qaytaradi. Insonlarning huquqiga nisbatan bo‘ladigan har qanday tajovuzni man qiladi. Huquqlar ichida eng muhimi ota-onaning o‘z farzandi zimmasidagi haqlari, farzandning o‘z ota-onasi oldidagi burchidir.
Alloh taolo Quroni karimning bir necha suralarida ota-onaga yaxshilik qilish, ularga ehtirom ko’rsatish, ehtiyojlarini qondirish farzand zimmasidagi eng muhim burchlardan ekanini takidlaydi . Alloh taolo o'zining kalomida shunday marhamat qiladi
{ وقضى ربك الا تعبدوا إلآ إياه وبالوالدين إحسانا }
“Robbing faqat uning o'zigagina ibodat qilishingni va ota-ona yaxshilik qilishingni amr etdi” (Isro surasi 23-oyat )
Ota-onasiga yaxshilik qilgan farzandlarga jannat eshiklari ochilishi haqida Paygʼambarimiz alayhissalom shunday deganlar:
مَا مِنْ مُسْلِمٍ لَهُ أَبَوَانِ، فَيُصْبِحُ وَهُوَ مُحْسِنٌ إِلَيْهِمَا إِلَّا فُتِحَ لَهُ بَابَانِ مِنَ الْجَنَّةِ (رَوَاهُ الْإِمَامُ أَبُو دَاوُدَ وَالْإِمَامُ ابْنُ مَاجَهْ)
yaʼni: “Qaysi bir musulmonning ota-onasi boʼlsa, ularga yaxshilik qilib tong ottirgan boʼlsa, Аlloh taolo unga jannatning ikki eshigini ochadi”, – deganlar (Imom Аbu Dovud va Imom Ibn Moja rivoyat qilganlar)
Farzandning ota-oldidagi quyidagi burchlari bordir:
1 ) Ota-onani har qaysi vaqt hurmat va ehtirom qilish
2 ) Ularga yaxshilik qilish
3 ) Ularning haqqida doimo duo qilish
4 ) Ularga hech qachon g'azab qilmaslik
5 ) Ulardan ranjimaslik
6 ) Ularni rozi qilish
Bulardan tashqari yana bir-qancha ota-onalarimiz oldidagi burchlarimiz mavjuddir. Alloh taolo barchamizni ota-onasini rozi qiladigan farzandlardan qilsin.
Ibrohimjonov Biloliddin
"Hidoya" o'rta maxsus
islom bilim yurti talabasi