Яратилиш санаси 19.05.2023

EHSONNING MUKOFOTI - FAQAT EHSONDIR

Alloh taolo Qur’oni Karimda shunday marhamat qiladi: “Erkakmi, ayolmi- kim momin bolgan holida yaxshiliklar qilsa, ana o'shalar jannatga kirurlar va ularga qilcha ham zulm qilinmas” (Niso surasi 124-oyat). Ey inson! Umr juda qisqa, vaqt hech qachon ortga qaytmaydi. Jon vujudni tark etmasdan oldin harakat qilib qol! Oxiratda mukofot yoki jazo olishingga qilgan amallaring sabab boladi. Bu dunyo – bir imtihon, sinov maydonidir. Besh kunlik dunyo deydilar!

Nahotki, shu qisqa umrni ham mol-dunyo toplash uchun sarflash mumkin? Har bir lahzani ganimat bil, yaaxshilik qilishga shoshil! Mol-dunyo toplab uni Alloh yolida sarflamaydiganlar haqida Qur’onda shunday deyilgan: “bir kuni osha (oltin-kumush)larni Jahannam otida qizitilur va peshonalari, yonboshlari va orqalariga bosilib mana bu ozingiz uchun toplagan narsangiz, bas to’plab yurgan narsangizni tatib koring deyilur” (Tavba surasi 35-oyat). Boylik toplab uni xayrli ishlarga sarflamaydigan, Alloh yolida ehson qilmaydiganlar holiga voy. Xasislik bilan yigilgan mol-dunyo oxiratda alamli azob kelishiga sabab boladi. Alloh insonlarni turli xil qilib yaratgan: kimdir boy, kimdir faqir yana kimdir ortahol kun kechiradi. Bu Allohning sinovidir. Agar boy insonlar Alloh bergan mol-mulkdan ehson qilib, zakotini bersa hamda yetimlar va faqirlarga yordam qilsa, Alloh ularni boyligini yanada ziyoda qilur va ulkan ajr-mukofotlar berur.

Yaxshilik ozi nima? degan savolga Qur’oni Karimdan javob topamiz. Alloh taolo shunday deb marhamat qiladi: ”Yaxshilik yuzingizni mashriq yoki magrib tomonga burishingizda emas. Lekin yaxshilik kim Allohga, oxirat kuniga , farishtalarga, kitobga, Paygambarlarga iymon keltirsa va yaxshi korgan molini qarindoshlarga, yetimlarga, miskinlarga , vatangadolarga, tilanchilarga, qul ozod qilishga bersa, namozni qoim qilsa, zakot bersa; Ahd qilganda ahdiga vafo qiluvchilar, kambagallik, qiyinchilik paytida va shiddat vaqtida ham sabr qiluvchilarga xosdir. Ana oshalar sodiq bolganlardir. Ana oshalar taqvodorlardir. ( Baqara surasi 177-oyat)

Ey inson! Hali ham yaxshilik qilishni boshlamadingmi?!
Kimgadir tabassum qilib ochiq chehra bilan qaramoq ham yaxshilik, yoldagi ozor beradigan narsani olib tashlamoq ham yaxshilik, bemorlarni ziyorat qilib konglini kotarmoq, tanigan-tanimaganga salom bermoqlik ham yaxshilik, faqirlarni taomlantirmoq ham yaxshilik, ozgalarga ozor bermaslik ham yaxshilikdir. Qisqacha qilib aytganda, Alloh taoloning barcha amrlariga, Payambarimiz Muhammad alayhissalom sunnatlariga amal qilgan inson yaxshiliklar ichida yashaydi.

Eng avvalo, ota-onaga qilingan yaxshilik olqishlanadi. Haqiqatdan ham, bizning yaxshiliklarimizga eng loyiq va sazovor insonlar – ota-onalarimizdir.

Alloh taolo ota-onaga yaxshilik qilish xususida shunday marhamat qilgan: “Allohga ibodat qilingizlar va Unga hech narsani sherik qilmangizlar! Ota-onalarga esa yaxshilik qilingizlar!...” (Niso surasi 36-oyat)

Bundan bilishimiz mumkinki, Allohga ibodat qilish va unga shirk keltirmaslik haqidagi buyuk amrdan so’ng ota-onaga yaxshilik qilish farz qilinmoqda. Demak ota-onaga yaxshilik qilish Allohning nazdida ulug amallardan hisoblanadi. Ota-onasiga yaxshiliklar qilib, xizmatida qoim bolib, ularninng kongliga qarab, mehr korsatganlar qanday ulug darajalarga, mukofotlarga ega bolishini tasavvur qilib koring.!

“Biz insonga ota-onasiga yaxshilik qilishni tavsiya qildik” deb marhamat qiladi. (Ankabut,8-oyat)

Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadiki, Rasululloh sallolohu alayhi vasallam: “bir musulmon insonning ota-onasi bolsa, ularga yaxshilik qilib,uning savobini kutgan holda tong ottirgan bolsa, Alloh taolo unga jannatning ikki eshigini ochadi. Agar faqat biri bolsa bir eshikni ochadi.Agar farzand ulardan birining gazabini chiqargan bolsa, undan osha shaxs rozi bolmagunicha, Alloh rozi bolmaydi” , dedilar. “Ota-ona unga zulm qilgan bolsa hammi?”-deyildi. “Zulm qilgan bolsalar ham” deyildi.

Yetimlarga yaxshilik qilish ham o`ta savobli amallardandir. Ularning molini nohaq tortib olish va zulm qilish Allohning qahrini keltiradigan ishdir. Yetimlarning mollarini zulm yoli bilan yeydigan kimsalar hech shak-shubhasiz, qorinlariga olovni yegan bolurlar. Va, albatta, dozaxga kirajaklar!” ( Niso surasi 10-oyat)
Imom Buxoriydan rivoyat qilinadi: Rasululloh sallollohu alayhi vasallam “yetimni qaramogiga olgan odam men bilan jannatda mana bundaymiz” dedilar-da , korsatkich va orta barmoqlariga ishora qilib, orasini sal ochib qoydilar.”

Koramizki, bugungi kunda muhtoj oilalar, beva-bechoralar, yetim-miskinlar jamiyatda talaygina. Alloh qodir qilganicha ularga yaxshilik qilib, ham moddiy ham ma’naviy jihatdan yordam berib, mehr-muruvvat ko’rsatgan insonlarga Alloh jannatni va’da qilgan. Rasululloh sallolohu alayhi vasallam shunday deganlar: “Beva va yetimga yaxshilik qilish yolida harakat qiluvchi-Alloh yolida jihod qiluvchi kabidir”. (Muttafaqun alayh(Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati.)

Paygambarimizning shunday deganlari rivoyat qilinadi: “Saxiylik Jannat daraxtlaridan bir daraxtdir, uning shoxlari yerga osilib turadi. Kim shu daraxtning bir shoxidan tutsa, osha shox uni jannatga olib kiradi.” (Ibn Hibbon, Ibn A’diy va Dorqutniy rivoyatlari)

Saxiylik insondagi eng yaxshi fazilatlardan hisoblanadi. Saxiylik tufayli muhtojlar sevinadi, ularning quvonchini ko’rib ehson qilgan odam ozini naqadar baxtli his etadi.

Ehson qilgan insonning mol-mulki hech qachon kamayib qolmaydi, balki saxiylik barakotidan yanada kopayadi, Alloh uning rizqiga baraka beradi. Islomning asosiy farzlaridan biri zakot hisoblanadi. “Zakot” sozi “osish”, “poklanish” kabi ma’nolarni bildiradi. Insonlarning mol-mulki orasida ozgalarning ya’ni faqirlarning haqqi boladi.

Zakot- mol-mulkdagi birovning haqqini chiqarib yuborish hisoblanadi, ya’ni zakot orqali mulk poklanadi. Zakot tufayli Alloh taolo mol-mulkka baraka beradi. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: “Rasululloh alayhissalom: Jannat saxiylarning uyidir” deganlar (Ibn A’diy va Dorqutniy rivoyatlari)

Xalq ogzaki ijodi namunasi bolmish “Ravshan” dostonida Hasanxon safarga otlangan ogli Ravshanga shunday nasihat qiladi: 

“Qolingdan kelgancha chiqar yaxshi ot,
Yaxshilik qil, bolam yomonlikni ot.
Nasihatim yod qilib ol, farzandim
Yolgiz yursa chang chiqarmas yaxshi ot.

Qadimdan oqil insonlar bir birini yaxshilikka da’vat qilgan. Chunki yaxshilik qilgan insonga Allohning fayz-u marhamati yogiladi. Yashilikni mevali daraxtga qiyoslasa boladi: daraxt ekilgach unib-osadi va ma’lum vaqtda mevaga kiradi, insonlar undan bahramand bolishadi. Shuningdek, qilingan yaxshilik ham bir kun kelib oz hosilini beradi. Allohning marhamati kengdir. Sening kichik bir yaxshiliging tufayli barcha gunohlaringni kechirib, seni magfirat etishi mumkin.

Ey inson! Umr bahor bulutlari kabi tez otib ketadi. Fursatni qoldan boy berma. Alloh senga yaxshilik qilish uchun imkoniyat beribdimi, demak shoshilgin! Chunki bunday payt har doim ham bolavermaydi. Abadiy rohat va farogat joyi, gam-qaygu va mashaqqatlar mutlaqo bolmaydigan , mominlar uchun tayyorlaab qoyilgan jannatga kirishni va unda abadiy qolishni hoxlaysanmi!? Unda yaxshilik qilishni hozirdan boshla! Qur’oni Karimda shunday deyilgan: “Ehsonning mukofoti-faqat Ehsondir” (Ar-Rohman surasi 60-oyat)

Alloh taolo barchamizni yaxshilik qiluvchi bandalaridan qilsin, ko'zlagan yaxshi niyatlarimizni amalga oshirishga muvaffaq aylasin!

Manba: internet tarmoqlaridan foydalanilgan.

Yo'ldoshev Muslimbek

"Hidoya" o'rta maxsus 
islom bilim yurti talabasi