Яратилиш санаси 17.11.2022

"Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik - jamiyat barqarorligi garovi"

Joriy yil 17.11.2022 kuni “Hidoya” o‘rta maxsus islom bilim yurtida Xalqaro diniy bag‘rikenglik kuni munosabati bilan "Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik-jamiyat barqarorligi garovi"  mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda  bilim yurti o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdilar. 

Tadbirni bilim yurti mudiri Abdulaziz Bobamirzayev ochdi va olib bordi. Notiq o’z so’zida yaratganga ming shukrkim, mustaqil o‘lkamiz – O‘zbekistonda 130 dan ortiq millat va elat vakillari turli dinlarga e’tiqod qiluvchi xalqlar bo‘lib, ular tinch-omon, ahil-inoq yashab kelmoqdalar. Ana shu ezgulik va tinchlik-osoyishtalik omili bo‘lgan diniy bag‘rikenglik tamoyillarini yanada mustahkamlash va rivojlantirishga diyorimizda alohida ehtibor qaratib kelinmoqda.  

Tarix shohidki, Islom dini insoniyatga diniy bag‘rikenglik, muruvvat, adolat, rahm-shafqat va xalqlar o‘rtasida o‘zaro hurmat, ahillik olib kelgan yagona diniy nizom bo‘ldi. Diniy bag‘rikenglik xilma-xil diniy e’tiqodda bo‘lgan kishilarning olijanob g‘oya va niyatlar yo‘lida hamkor va hamjihat bo‘lib yashashi, kishilik jamiyati ravnaqi yo‘lida xizmat qilishini anglatadi. Hozirda bu g‘oya ezgulik yo‘lida nafaqat dindorlar, balki jamiyatning barcha a’zolari hamkorligini nazarda tutadi. Diniy bag‘rikenglik tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, ozod va obod vatan qurishning muhim shartidir”,  deb ta’kidlab o‘tdi.  

Tadbir davomida bilim yurti 4-kurs 44-guruh talabasi Abdurashidov Abdulvahhobning “Diniy bag‘rikenglik - azaliy fazilat” mavzusida bergan video ro’ligi namoyish etildi. 

Tayorlangan video ro’lik barcha musulmonlarga birdek manzur bo’lganligi uchun Abdurashidov Abdulvahhobga bilim yurti mudiri o’z nomidan va bilim yurti jamoasi nomidan tashakkur bildirib kelgusida bundanda yaxshiroq ijod qilishiga omadlar tilab bu xizmatlari uchun  Abdurashidov Abduvahhobni bilim yurti tomonidan mukofotlashni  taklif etdi. 

Bilim yurti mudiri A.Bobamirzayev tadbir ishtirokchilari o’qituvchi va talabalarga shunday  namunali ro’liklarni  tayyorlash uchun ko’rsatmalar berdi. 

Yig‘ilish so‘ngida talabalar video ro’lik  yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar va qiziqtirgan  savollariga javoblar oldilar.

Bilim yurti matbuot xizmati

Изоҳ қолдириш

Изоҳлар