Ta'lim muassasasida “Katta Badr g'azoti” mavzusida ochiq dars bo'lib o'tdi
Joriy yil 24-sentyabr kuni “Hidoya” o'rta maxsus islom ta'lim muassasasida "Sentyabr oyi — Islom tarixi, diniy an'ana va marosimlar hamda Oʻzbekistonning eng yangi tarixi fanlari oyligi" deb e'lon qilingani munosabati bilan navbatdagi yuqori saviyadagi ochiq dars tashkil etildi. Unda Islom tarixi fani o'qituvchisi Bahromjon domla Abdurahimov 3-kurs 56-guruh talabalariga “Katta Badr g'azoti” mavzusida saboq o'tdi.
Dars davomida Islom tarixidagi ilk va eng ulug' strategik to'qnashuv bo'lgan Badr g'azotining kelib chiqish sabablari, payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning sarkardalik mahorati, sahobalarning mislsiz matonati hamda ushbu tarixiy voqeaning Islom ummati kelajagidagi ulkan ahamiyati ilmiy-asosli dalillar bilan batafsil yoritib berildi.
Ta'lim muassasasining tajribali va yosh ustozlari mazkur ochiq darsni bevosita kuzatib bordilar. Dars yakunida pedagogik tahlillar o'tkazilib, ustozi va talabalarning faolligi yuqori baholandi hamda o'zlarining ijobiy tavsiya va fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Ochiq dars an'anaviy ma'ruza shaklidan farqli o'laroq, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ilg'or interfaol usullar hamda qizg'in savol-javoblar asosida tashkil etildi. Bahs-munozaralarga boy ruhda o'tgan mashg'ulot talabalarning fanga bo'lgan qiziqishini, mustaqil fikrlash va tahlil qilish ko'nikmalarini yanada oshirdi.














Ta'lim muassasasi Matbuot xizmati