Ta'lim muassasasida “Mustaqillika erishish arafasida O’zbekistondagi ijtimoiy siyosiy jarayonlar” mavzusida ochiq dars bo'lib o'tdi
Joriy yil 24-sentyabr kuni “Hidoya” o'rta maxsus islom ta'lim muassasasida "Sentyabr oyi — Islom tarixi, diniy an'ana va marosimlar hamda Oʻzbekistonning eng yangi tarixi fanlari oyligi" deb e'lon qilingani munosabati bilan navbatdagi yuqori saviyadagi ochiq dars tashkil etildi. Unda O’zbekistoni eng yangi tarixi fanio’qituvchusi tarix fanlari nomzodi, dotsent Yusupov Zafar Usmanovich 1-kurs 60-guruh talabalariga “Mustaqillika erishish arafasida O’zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar ”mavzusida ochiq dars mashg'ulotini olib bordi.
Dars davomida Mustaqillika erishish arafasida O’zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy hayot, aholini turmush darajasi, pahta ishi va o'zbeklar ishi uni kelib chiqish sabablari, birinchi Prezident I. Karimovni olib borgan odilona siyosati natijasida Respublika ijtimoiy hayotini barqarorlashi va taraqiy etishi haqida talabalar bilan fikr almashildi. Ozbek tiliga davlat tili maqomini berilishi, O’zbekistonda prezidentlik lavozimini joriy etilishi, Mustqillik deklarasiyasini qabul etilishi havla mustaqillikni e’lon qilinishining ulkan ahamiyati ilmiy-asosli dalillar bilan batafsil yoritib berildi.
Ta'lim muassasasining tajribali ustozlari mazkur ochiq darsni bevosita kuzatib bordilar. Dars yakunida pedagogik tahlillar o'tkazilib, ustozi vatalabalarning faolligi yuqori baholandi hamda o'zlarining ijobiy tavsiya va fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Ochiq dars an'anaviy ma'ruza shaklidan farqli o'laroq, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ilg'or interfaol usullar hamda qizg'in savol-javoblar asosida tashkil etildi. Bahs-munozaralarga boy ruhda o'tgan mashg'ulot talabalarning fangabo'lgan qiziqishini, mustaq il fikrlash va tahlil qilish ko'nikmalarini yanada oshirdi.






Ta'lim muassasasi Matbuot xizmati