Яратилиш санаси 18.11.2022

“Muqaddasdir Vatan bayrog’i”

“Hidoya” o‘rta maxsus islom bilim yurtida 18.11.2022 kuni mudarris va talabalar o‘rtasida davlatimiz ramzi bo‘lmish  bayrog‘ini 31-yilligiga bag‘ishlangan “Muqaddasdir Vatan bayrog’i” va “SHuxrating porlasin toki bor jahon” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha mudir o‘rinbosari R.Nasritdinov ochib berib talabalarga yurtimizda diniy soxada amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar to‘g‘risida malumot berdi. So‘ng mavzu yuzasidan ma’lumot berish uchun so‘zni bilim yurti yoshlar etakchisi Oltinboyev Rahmatulloxga berdi. Notiq o’z so’zida talabalarga davlatimiz ramzlaridan bo‘lmish bayrog‘ to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aytib O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 5-moddasida “O‘zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o‘z davlat ramzlari  bayrog‘i, gerbi, va madhiyasiga ega” deb keltiriladi. Davlat bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 18 noyabrdagi 407-XII-sonli  “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida” gi Qonuni bilan tasdiqlangan.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i  bayroqning butun uzunligi bo‘ylab o‘tgan to‘q moviy rang, oq rang va to‘q yashil rangli uchta endan tarkib topgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi matodir.O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining uzunligi 2 metr 50 santimetrga,  kengligi 125 santimetrga teng. Moviy rang, oq rang va yashil rangli enlarnin gkengligi bir xil. Har bir en 40 santimetrga teng dir. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining o‘rtasidagi oq rangli enning chetlaridan kengligi 2,5 santimetrga ten gqizil hoshiyalar o‘tkazilgan. 

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining yuqori qismidagi moviy rangli enning yuz tomoni va orqa tomonida dastaga yaqin joyida oq rangli yangi oy va uning yonida o‘n ikkita oq rangdagi besh qirrali yulduz tasvirlangan.

Oq rangli yangi oy va o‘n ikkita oq rangli besh qirrali yulduzning tasviri moviy rangli yuqori enining o‘rtasidan 70x30 santimetrga teng to‘g‘ri to‘rtburchakka sig‘adigan qilib joylashtirilgan.

Oq rangli yangi oy vertikal holatda o‘ng tomoni dastaga qaratilgan, dastadan 20 santimetr masofada joylashtirilgan bo‘lib, diametri 30 santimetrli doiraga sig‘adi.

Tadbir so‘ngida  talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.

Mavzuni kengrog‘ yoritish maqsadida bilim yurit hidoya.uz saytida maqo va video ro’liklar  berildi.

Bilim yurti matbuot xizmati

Изоҳ қолдириш

Изоҳлар