Яратилиш санаси 14.09.2023

“Xususiy tartibda diniy ta’lim berishning huquqiy oqibatlari: nazariy asoslari va amaliy jihatlari”

OʻMIning 2023-yil 13-sentyabrdagi 4363-sonli topshirig‘iga asosan, joriy yil 14-sentyabr kuni “Xususiy tartibda diniy ta’lim berishning huquqiy oqibatlari: nazariy asoslari va amaliy jihatlari” mavzusida bilim yurti mudiri, o‘qituvchi, xodim va talabalari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi. 

Davra suhbatiga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Namangan viloyati IIB Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i podpolkovnik Mansur Valiev, Namangan viloyati IIB Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi bo‘limi etakchi mutaxassisi podpolkovnik Sayfiddin Xojimirzayev hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Namangan viloyat vakili Abdulhay domla Tursunov tashrif buyurdilar.

Tadbirni bilim yurti  mudiri Abdulaziz Bobamirzayev ochdi va olib bordi. Tadbirida so‘z olgan barcha notiqlar Namangan viloyati IIB Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i podpolkovnik Mansur Valiev hamda Namangan viloyati IIB Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi bo‘limi etakchi mutaxassisi podpolkovnik Sayfiddin Xojimirzaev, O’zbekiston Musulmonlari idorasi Namangan viloyat vakili Abdulhay domla Tursunovlar: jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni soglomlashtirish, yoshlarni turli yot g’oyalar ta’siridan asrash, fuqorolar tomonidan noqonuniy diniy ta’lim berish holatlari va uning oqibatlari, mazkur holat yuzasidan qonunchilikda belgilangan normalar to’g’risida va hozirgi davrda globallashuv jarayoni tobora kengayib bormoqda va bu jahon siyosiy makonning yangicha ko‘rinishi va taraqqiy etishiga ta’sir qildi. Jahon siyosiy makonida davlatlarning global rivojlanishi bu avvalambor, dunyoning barcha davlatlari va xalqlarining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik, psixologik jihatdan birgalikdagi yangicha taraqqiyotidir. Globallashuv sharoitida avj olgan muammolarning yechimi hamkorlikdagi harakatlarni talab qilmoqda. 

Hozirgi kunda aholi ongiga chetdan kirib kelayotgan har turdagi  axborotlar tez sur’atlarda ta’sir etmoqda. Axborot-xavfsizlik tushunchasi ana shu tarzda ma’naviy-axloqiy mezonga aylanadi. Erkin shaxs va ozod kishilik jamoasi bo‘lgan fuqarolik jamiyati sharoitida axborot xavfsizlikning o‘ziga xos tizimlari shakllanmog‘i lozim. Bu bevosita OAV faoliyati va unga xizmat qiladigan axborot oluvchi, saqlovchi va tarqatuvchi  xodimlarning siyosiy saviyasiga, kasb mahoratiga, eng muhimi fuqarolik  pozitsiyasiga, jamiyat ishiga dahldorlik tuyg‘usiga bog‘liq. 

 SHunday qilib, globallashuv sharoitida aholining  yot g‘oyalarga ergashib ketishi, ularga noto’g’ri ishlarning jiddiy oqibatlari, javobgarligi va xuquqiy asoslari haqida mukammal tushunchalar berish, bu borada targ‘ibot ishllarini yanada kengroq olib borishimiz lozim 

Xalq ongini yot mafkura, buzg‘unchi g‘oyalardan saqlash muhim. O‘zbekiston xalqini vatanga muhabbat va sodiqlik ruhida tarbiyalashda o‘tmish  o‘tgan davr va o‘lmas iz qoldirgan tarixiy shaxslarni ilmlaridan foydalanish ulardan g‘ururlanish hissini uyg‘otish kerak. Jamiyatda birdamlik, bag‘rikenglik g‘oyalari keng targ‘ib etilishi ham,  o‘zbek xalqining milliy mintaliteti jamoa bo‘lib yashashga, yelkadoshlikka asoslanishida milliy urf-odat va an’analarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi maqsadga muvofiqdir. 

Mustaqillik yillarida O‘zbekiston qator informatsion xurujlarni boshidan kechirdi. Vahhobiylar yoki Hizb-ut-tahrir  va soxta salafiylik oqimi vakillari bilan haqiqiy musulmonlar o‘rtasidagi farq bugun yaqqol yuzaga chiqqan. Bu ham aholining ma’lum qatlamini xalqdan ajralib qolganini, ular bilan ijtimoiy munosibatlarga kirishishda ayrim noqulaylikni keltirib chiqarishi O‘zbekiston rahbariyatining ijtimoiylashuv sohasida ayrim islohatlarni olib borishiga olib keldi. 2016 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat  Miromonovich Mirziyoev ushbu sohada bir qancha islohotlarni amalga oshirishi natijasida yot g‘oyalarga ergashib adashganlarni to‘g‘ri yo‘lga solish hamda ularni ijtimoiylashuvini aholi bilan to‘g‘ri “kontakt”ga kirishishiga turtki bo‘ldi. 

Har kuni gazeta va televideniyeda jixod qilish orqali zo‘ravonlik va bosqinchilik xabarlariga guvoh bo‘lmoqdamiz. Insonlarning hayotiga zomin bo‘layotgan bu harakatlar ko‘rinishda har xil sabablar tufayli amalga oshayotgan bo‘lsa-da, natijasi musulmonlarning zarariga bo‘lmoqda. 

Islom dunyosidagi sodir bo‘layotgan ushbu harakatlarning so‘zda Islom nomidan qilinayotgani eng achinarli hol ekaniga shubha yo‘q. Qo‘liga qurol yoki pichoq olib, tavhid kalimasini aytgan holda begunoh bir jonga qasd qilish holatlarini shariat nuqtai nazaridan yechish mas’ul kishilar oldida turgan muhim vazifalardandir.

Bu holatlarni shariat tarozisiga solib ko‘rsak, mashru’ harakat emasligi o‘rtaga chiqmoqda. Qo‘liga qurol olib, dushman guruhlarga qarshi hujum qilish qarorini olishni shaxslarning tashabbusiga tashlab qo‘yib bo‘lmaydi. Musulmonlar maskan tutgan yerlar dunyoning har qanday joyidan ko‘ra eng yaxshi xalovat, xavfsizlik va osoyishtalik ta’min etilgan yerlar bo’lishi kerak. Islom dini buzg‘unchilik emas, osoyishtalikni maqsad qiladi. Begunoh va ma’sum insonlarning jabrlanishiga olib keladigan terror unsurlarini o‘z ichiga olgan butun harakatlar shariatga ziddir.

Suhbat davomida notiqlar Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni soglomlashtirish, yoshlarni turli yot g’oyalar ta’siridan asrash, fuqorolar tomonidan noqonuniy diniy ta’lim berish holatlari va uning oqibatlari, mazkur holat yuzasidan qonunchilikda belgilangan normalar to’g’risida batafsil aytib o’tdilar.

Suhbat so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar oldilar.

Bilim yurti matbuot xizmati