Яратилиш санаси 18.05.2026

Zakovat bellashuvining 2-davra 7-tur bellashuvi bo’lib o’tdi

“Hidoya” o’rta maxsus islom ta’lim muassasasida zakovat bellashuvi 2025-2026 ning ikkinchi davra 7-tur bellashuvi bo’lib o’tdi. Unda ta’lim muassasaning hamma kurslarini o’z ichiga olgan 5 ta guruhi bellashdilar. Sababi birinchi davra yakuniga ko’ra qaysidir eng kam ball jamg’argan jamoa turnirni tark etishi talab etilardi. Shunga ko’ra Alouddin Kosoniy jamoasi bellashuv bilan xayrlashdi. Qolgan jamoalar ochkolari 0 bo’lgan holda boshladilar. Har turda eng kam ball to’plagan jamoa musobaqani tark etadi. Bu holat to ikki jamoa finalga chiqib bellashgunga qadar davom etadi. Ular huquqiy bilim va savodlarini yana bir bor sinovdan o’tkazdilar. Yettita savoldan iborat ushbu tur ham qizg’zin va murosasiz bahslarga boy bo’ldi. Jamoalar qimmatli ballarni jamg’arish uchun bor bilim va salohiyatlarini ishga soldilar. Har bir jamoada 1-kursdan 4-kursgacha bo’lishi talabalar aqliy salohiyati va fikrlashi o’sishiga sabab bo’ldi. Tez fursatda bu jamoani bilib olishimiz mumkin bo’ladi. Intellektual bellashuv yil bo’yi davom etadi. 2-davra bellashuvlari qolgan jamoalar bilan davom etadi. Shunday ekan bizni kuzatishda davom eting.

Yusufxon Shodiyev

“Hidoya” o'rta maxsus islom 
ta’lim muassasasi o’qituvchisi