Zakovat bellashuvining 1-davrasi so’nggi turi bo’lib o’tdi
“Hidoya” o’rta maxsus islom ta’lim muassasasida zakovat bellashuvi 2025-2026 ning birinchi davra 6-tur bellashuvi bo’lib o’tdi. Unda ta’lim muassasaning hamma kurslarni o’z ichiga olgan 6 ta guruhi bellashdilar. Ular huquqiy bilim va savodlarini yana bir bor sinovdan o’tkazdilar. Yettita savoldan iborat ushbu tur ham qizg’zin va murosasiz bahslarga boy bo’ldi. Jamoalar qimmatli ballarni jamg’arish uchun bor bilim va salohiyatlarini ishga soldilar. Har bir jamoada 1-kursdan 4-kursgacha bo’lishi talabalar aqliy salohiyati va fikrlashi o’sishiga sabab bo’ldi. Shu bilan birinchi davra bahslari o’z nihoyasiga yetdi.









Musobaqa shartlariga ko’ra qolganlarga nisbatan kam bal jamg’argan jamoa musobaqani shu yerda tark etadi va qolgan jamoalar 2-davradan davom ettiradilar. Hisob kitoblardan keyin qaysi jamoa bellashuv bilan xayrlashishi aniqlashadi. Tez fursatda bu jamoani bilib olishimiz mumkin bo’ladi. Intellektual bellashuv yil bo’yi davom etadi. 2-davra bellashuvlari tez kunlarda qolgan jamoalar bilan davom etadi. Shunday ekan bizni kuzatishda davom eting.
Yusufxon Shodiyev
“Hidoya” o'rta maxsus islom ta’lim
muassasasi fiqh fani o’qituvchisi