Яратилиш санаси 25.09.2023

Olamlarga rahmat payg'ambar

Siz u bizni yo‘qdan bor qilgan alloh taologa hamdlar bo‘lsin. Butun bir olamni yaralishiga sabachi bo‘lgan, siz u biz ummatlarga mehribon bo‘lgan muhammad sollallohu alayhi va sallamga salotu salomlar bo‘lsin.. Tarixga nazar solsak sahobalarni 

بابي وامي انت يارسول الله

Ya’ni ota onam sizga fido bo‘lsin ya rosululloh sollallohu alayhi va sallam degan so‘zlarini eshitamiz. E‘tibor qarataylikda ota onam sizga fido bo‘lsin deyish uchun rosullulloh sollallohu alayhi va sallamni ota onasidan ham ko‘proq yaxshi ko‘ rish kearak. Demak ular ya’ni sahobalar rosululloh sallollohu alayhi va sallamni ota onalaridan ham ko‘proq yaxshi ko‘rishgan. Biz nima uchun bugungi kunda rosululloh sollallohu alayhi vasallamni yaxshi ko‘ra olmayapmiz va farzandlarimizga ham yaxshi ko‘rsata olmayapmiz degan savol paydo bo‘ladi va holanki anas roziyallohu anhudan rivoyat qilingan xadisdan rosululloh sollalohu alayhi va sallam 

عن أنس بن مالكٍ رضي الله عنه قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: ((لا يؤمن أحدكم حتى أكون أحبَّ إليه من ولده ووالده والناس أجمعين

وفي رواية لمسلم: ((حتى أكون أحبَّ إليه من أهله وماله والناس أجمعين

“Sizlardan birortangiz mo‘min bo‘la olmaysiz men unga bolasidan, ota onasidan va barcha insonlardan suyukli bo‘lmagunimcha boshqa bir rivoyatda esa unga ahlidan  va molidan va barcha insonlardan suyukli bo‘lmagunimcha” deganlar. Buning sababi azizlar biz rosululloh sallollohu alayhi va sallamni yaxshi tanimaganligimiz uchun. Biz ota onamizni yaxshi ko‘ramiz chunki biz ota onamizni yaxshi taniganligimiz uchundir. 

Rosululloh sallollohu alayhi va sallamga muhabbat qo‘yishni u zotni sevishni sahobalardan o‘rgansak, o‘zimizga dastur qilsak bo‘ladi. Sahobalardan  barchalarimiz yaxshi tanigan abubakr siddiq roziyallohu anhuni olaylik. Rosululloh solllalohu alayhi va sallam yo‘llarida jon u mollarrini fido qilgan sahobalardan. Rosululloh sollallohu alayhi vasallm bilan birga safarga chiqqanlarida yo‘lda chanqashdi bir ayol bir kosadan sut keltirdi abu bakr roziyallohu anhuga shunda abu bakr roziyallohu anhu u sutni rosulullohga (sollallohu alayhi va sallam) bedilar. Abu bakr roziyallohu anhu aytyaptilar rosululloh (sollallohu alayhi va sallam) sut ichyaptilar meni chanqog‘im bosilyapti qarang muhabbatni. Abubakr roziyallohu anhuni siddiq deya nom olishlikrani sababi rosululloh sollalohu alayhi va sallam me’roj kechsidan qaytganlaridan so‘ng qavmlarini to‘plab aytganlaridan so‘ng makka mushriklari ishinmadilar inson aqli ko‘tarmaydi bir kechada makkadan quddusga ya’ni masjidul aqsoga borib kelishni, deb ishonmadilar va abubakr roziyallohu anhuni oldilariga shoshilib borishdi va sening do‘sting muhammad bir kechada makkadan quddusga borib keldim deyapti deyishdi, shunda abubakr roziyallohu anu agar birodarim muhammad (sollallohu alayhi va sallam)  shunday degan bo‘lsa u tug‘ri aytibdi dedidlar, biroz bo‘lsa ham o‘ylab o‘tirmay agar birodarim muhammad (sollallohu alayhi va sallam)  shunday degan bo‘lsa tug‘ri aytibdi degan edilar shu bilan siddiq maqomiga yetishdilar. Abubakr siddiq rozyallohu anhu baxtli sahobalardan ya’ni eng baxtli sahoba edilar deyishadi nima uchun deyishsa o‘zlari ham farzandlari ham ayollari ham va otalari ham musulmon bo‘lgan aygona sahoba edilar deyishadi.

Qarang demak biz bugungi kunda eng baxtli insonmiz nima uchun chunki alhamdulillah bizni ota onamizni ota onalari ham musulmon. Iymon ne‘mati demak buyuk bir nenam biz buni qadriga yrtmoqligimiz alloh taolo buyurgan narsalarni qilib qaytargan narsalardan qaytmoqligimiz kerak. Abubakr roziyallohu anhuni otalari makka fath bo‘lgan dan so‘ng musulmon bo‘lgan ekanlar shunda abubakr roziyallohu anhu ko‘p yig‘lagan ekanlar tabiiyki atrofdlardagi barcha sahobalar abubakr otasi musulmon bo‘ lganligi uchun hursaand bo‘lib yig‘layapti deb o‘ylab ey abubakr otangiz musulmon bo‘lganligi uchun xursand bo‘lib yig’layapsizmi deyishganda abubakr roziyallohu anhuni aytgan so‘zlarini qarang men otam musulmon bo‘lganligi uchun emas otamni o‘rniga rosululloh (sollallohu alayhi va sallam) ni amakilari abu tolib musulmon bo‘lganida edi rosululloh (sollallohu alayhi va sallam) ko‘lproq suyunar edilar deb yig‘lagan ekanlar qarang azizlar o‘zlarini otalarini musulmon bo‘lib do‘zahdan ozod bo‘lishlaridan ham rosululloh (sollallohu alayhi va sallam) ni amakilari musulmon bo‘lib rosululloh (sollallohu alayhi va sallam) ni xursand bo‘lishlarini afzal ko‘ryaptilar. Rosululloh (sollallohu alayhi va sallam) yetim qolganlarida bobolari abdulmuttolibni qarmog‘larida bobolari vafot qilganlarida amakilari abu tolibni qarmog‘larida qolgan edilar amakilari abu tolib ham rosulullohni yaxshi ko‘rar va qayerga safarga chiqsalar rosululloh (sollallohu alayhi va sallam) ni ham olvolar edilar. Rosululloh (sollallohu alayhi va sallam)ga nubuvvat kelib qavmlariga e’lon qilgan, qavmlarini yagona allohga da’vat qilgan paytlarida qavmlaridan juda ko‘p zulmlarni ko‘rganlar hatto musulmon bo‘lgan ya’ni iymon keltirganlar bilan oldi berdi savdo sotiqni ta’qiqlagan ya’ni uch yil qattiq ochlik  bo‘lgan paytda rosululloh (sollallohu alayhi va sallam) ni amakilar abu tolib musulmon bo‘lmasalar ham rosululloh (sollallohu alayhi va sallam) bilan birga yonlarida turganlar. Rosululloh (sollallohu alayhi va sallam) ga juda ko‘p yordam berganlar  lekin vafotlari yaqinlashganda rosululloh (sollallohu alayhi va sallam) amakilariga qarab ey amakijon la ilaha illalloh deng u yog‘ini men allohdan so‘rayman deganlarida amakilarini nariga tarafdagi mushrik amakilari abu lahablar ota bobolaringni dinidan qaytasanmi deb aytdi shu bilan abu tolib vafot etdilar. Rosululloh (sollallohu alayhi va sallam) bundan juda ko‘p diqqat bo‘ldilar shunda

{ إِنَّكَ لَا تَهۡدِی مَنۡ أَحۡبَبۡتَ وَلَـٰكِنَّ ٱللَّهَ یَهۡدِی مَن یَشَاۤءُۚ وَهُوَ أَعۡلَمُ بِٱلۡمُهۡتَدِینَ }

(ey muhammad alayhis-salotu vas-salom), aniqki, siz o'zingiz suygan kishilarni hidoyat qila olmassiz, lekin alloh o'zi xohlagan kishilarni hidoyat qilur. U hidoyat topguvchi zotlarni yaxshiroq bilguvchidir. [qasos surasi: 56]

Deb vahiy qildi. Azizlar hidoyat degan narsa iymon degani bu Alloh taolo nasib qilgan kishisigagina nasib qilar ekan. 

Mamadaliev Mahmudxon  

“Hidoya” o'rta maxsus islom
bilim yurti o'qituvchisi