Olamlarga rahmat payg'ambar (2-qism)
Alloh taolo mulk surasidam bitta oldingi tahrim surasida payg‘ambarni ayoli bo‘lsa ham Alloh taolo hidoyat bermasa iymon keltirmasligini misolini keltiradi
{ ضَرَبَ ٱللَّهُ مَثَلࣰا لِّلَّذِینَ كَفَرُوا۟ ٱمۡرَأَتَ نُوحࣲ وَٱمۡرَأَتَ لُوطࣲۖ كَانَتَا تَحۡتَ عَبۡدَیۡنِ مِنۡ عِبَادِنَا صَـٰلِحَیۡنِ فَخَانَتَاهُمَا فَلَمۡ یُغۡنِیَا عَنۡهُمَا مِنَ ٱللَّهِ شَیۡـࣰٔا وَقِیلَ ٱدۡخُلَا ٱلنَّارَ مَعَ ٱلدَّ ٰخِلِینَ }
Alloh kofir bo'lgan kimsalar (va ularni mo'minlar bilan birga hayot kechirishlari ham allohning azobidan qutqara olmasligi) haqida nuhning ayoli va lutning ayolini misol keltirdi. U ikkisi bizning bandalarimizdan ikki solih banda qo'l ostida edilar. Bas, u (ayol)lar (nuh va lutga) xiyonat qilgan edilar, (nuh va lut) alloh(ning azobi)dan biron narsani u ikkisidan daf' qila olmadilar va (ularga) «kirguvchilar bilan birga do'zaxga kiringlar!», deyildi. [tahrim surasi: 10]
Qarang huddi shuni barobarida alloh taolo o‘zi hidoyat bersa zolimni qo‘lida bo‘lsa ham iymon keltirishini huddi shu tahrim surasini 11-oyatida
{ وَضَرَبَ ٱللَّهُ مَثَلࣰا لِّلَّذِینَ ءَامَنُوا۟ ٱمۡرَأَتَ فِرۡعَوۡنَ إِذۡ قَالَتۡ رَبِّ ٱبۡنِ لِی عِندَكَ بَیۡتࣰا فِی ٱلۡجَنَّةِ وَنَجِّنِی مِن فِرۡعَوۡنَ وَعَمَلِهِۦ وَنَجِّنِی مِنَ ٱلۡقَوۡمِ ٱلظَّـٰلِمِینَ }
Alloh iymon keltirgan zotlar (va ular o'zlari haqiqiy mo'min bo'lsalar, yaqin odamlarining kofir holda bo'lishi ularga ziyon qilmasligi) haqida fir'avnning ayolini misol keltirdi. O'shanda (ya'ni, fir'avn u ayolning muso payg'ambarga iymon keltirganini bilib qolgach, azoblagan chog'ida) u: «parvardigorim, o'zing men uchun huzuringda — jannatda bir uy bino qilgin, menga fir'avn va uning qilmishidan najot bergin va menga bu zolim qavmdan najot bergin», dedi. [tahrim surasi: 11]
Demak azizlar iymon degan ne’mat naqadar buyuk ne’mat ekanligini biz his qilmog‘imiz kerak.
Yuqorida biz rosululloh (sollallohu alayhi va sallam)ga muhabbat qilishlik haqida suhbatlashdik endi rosululloh (sollallohu alayhi va sallam)ni biz ummatlariga bo‘lgan muhabbatlari haqida imom muslimdan kelgan hadisni qarang rosululloh sollalohu alayhi va sallam birodarlarimizni ko‘rishni orzu qildim dedilar shunda sahobalar biz birodarlaringiz emasmizmi ya rosululloh (sollallohu alayhi va sallam)? Deyishdi. Shunda rosululloh (sollallohu alayhi va sallam) sizlar meni sahobalarimsizlar meni ashoblarim keyin keladi dedilar. Ya’ni siz bilan bizni ko‘rishga mushtoq bo‘ldilar. Har bir payg‘ambar o‘z ummatiga mehribon bo‘lgan lekin payg‘ambarimiz muhammad (sollallohu alayhi va sallam) biz ummatlariga mehribonroq bo‘lganlar. Bu muhabbat bilishlik uchun abdulloh ibn amr ibn os roziyallohu anhuni rivoyat qilgan hadisni o‘qiymiz.
عَنْ عَبْدِ الله بْنِ عَمْرِو بْنِ الْعَاصِ رضي الله عنه أَنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم تَلاَ قَوْلَ الله عَزَّ وَجَلَّ فِي إِبْرَاهِيمَ: ﴿ رَبِّ إِنَّهُنَّ أَضْلَلْنَ كَثِيراً مِنَ النَّاسِ فَمَنْ تَبِعَنِي فَإِنَّهُ مِنِّي ﴾ [إبراهيم: 36] وَقَالَ عِيسَى عَلَيْهِ السَّلاَمُ: ﴿ إِنْ تُعَذِّبْهُمْ فَإِنَّهُمْ عِبَادُكَ وَإِنْ تَغْفِرْ لَهُمْ فَإِنَّكَ أَنْتَ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ ﴾ [المائدة: 118] فَرَفَعَ يَدَيْهِ وَقَالَ: "اللَّهُمَّ أُمَّتِي أُمَّتِي" وَبَكَى. فَقَالَ الله عَزَّ وَجَلَّ: يَا جِبْرِيلُ اذْهَبْ إِلَى مُحَمَّدٍ، وَرَبُّكَ أَعْلَمُ، فَسَلْهُ مَا يُبْكِيكَ؟ فَأَتَاهُ جِبْرِيلُ عَلَيْهِ الصَّلاَةُ وَالسَّلاَمُ فَسَأَلَهُ. فَأَخْبَرَهُ رَسُولُ اللّهِ بِمَا قَالَ. وَهُوَ أَعْلَمُ. فَقَالَ الله: يَا جِبْرِيلُ اذْهَبْ إِلَى مُحَمَّدٍ فَقُلْ: إِنَّا سَنُرْضِيكَ فِي أُمَّتِكَ وَلاَ نَسُوءُكَ". رواه مسلم
Rosululloh (sollallohu alayhi va sallam) qur’ondan ibrohim alayhissalom haqlaridagi oyatni o‘qidilar.
{ رَبِّ إِنَّهُنَّ أَضۡلَلۡنَ كَثِیرࣰا مِّنَ ٱلنَّاسِۖ فَمَن تَبِعَنِی فَإِنَّهُۥ مِنِّیۖ وَمَنۡ عَصَانِی فَإِنَّكَ غَفُورࣱ رَّحِیمࣱ }
Parvardigorim, u butlar ko'pdan-ko'p odamlarni yo'ldan ozdirdilar. Bas, kim menga ergashsa, ana o'sha mendandir (ya'ni, mening dinimdadir). Kim menga isyon qilsa, yana o'zing mag'firatli, mehribonsan (ya'ni, unday kimsalarni ham haq yo'lga hidoyat qilishga qodirsan. [ibrohim surasi: 36]
Ya’ni kim menga ergashsa mendan kim menga ergashmasa o‘zing bilasan deyaptilar.
Iso alayhissalom haqlaridagi oyatni o‘qidilar
{ إِن تُعَذِّبۡهُمۡ فَإِنَّهُمۡ عِبَادُكَۖ وَإِن تَغۡفِرۡ لَهُمۡ فَإِنَّكَ أَنتَ ٱلۡعَزِیزُ ٱلۡحَكِیمُ }
Agar ularni azoblasang, ular sening ojiz bandalaring. Agar ularni mag'firat qilsang, albatta sen o'zing qudrat, hikmat egasidirsan». [moida surasi: 118]
Shunda rosululloh (sollallohu alayhi va sallam) bu ikki oyatni o‘qidilarda qo‘llarini ko‘tarib اللَّهُمَّ أُمَّتِي أُمَّتِي deb duo qildilar va yig‘lab yubordilar. Alloh azza va jalla jabroil alayhissalomga muhammad (sollallohu alayhi va sallam) ni oldiga bor uni nima yig‘latdi so‘rab bilib kel dedi vaholanki Alloh taolo o‘zi bilar edi rosululloh (sollallohu alayhi va sallam) ni nima yig‘latganligini. Jabroil alayhissalom rosululloh (sollallohu alayhi va sallam) ni oldilariga keldilar va sizni nima yig‘latdi deb so‘radilar, rosululloh (sollallohu alayhi va sallam) yig‘laganliklarini sababini aytdilar, jabroil alayhissalom Alloh taologa xabarini bergan edilar Alloh taolo
فَقَالَ الله: يَا جِبْرِيلُ اذْهَبْ إِلَى مُحَمَّدٍ فَقُلْ: إِنَّا سَنُرْضِيكَ فِي أُمَّتِكَ وَلاَ نَسُوءُكَ"
Ey jobroil borib muhammad (sollallohu alayhi va sallam) ga ayting albatta biz sizni ummatingiz borasida rozi qilamiz sizga yomonlik qilmaymiz dedi. Rosululloh (sollallohu alayhi va sallam) ummatim deb ajratmayaptilar, itoat qilganini yoki iotoat qilmayotganini deb umumiy gapiryaptilar, kim
لا إله إلا الله محمد رسول الله
Desa shuni haqqiga duo qilyaptilar, shuni Allohdan jannatiy bo‘lishin so‘rayaptilar.
Alloh taolo barchamizni rosululloh (sollallohu alayhi va sallam) ni duolari sabab jannatga kirmoqligimizni nasib aylasin.
Mamadaliev Mahmudxon
“Hidoya” o'rta maxsus islom
bilim yurti o'qituvchisi