Яратилиш санаси 17.10.2023

Nima uchun yarim oy Islom dini ramzi hisoblanadi?

Boshqa din vakillari yarim oyni, xristianlar xochiga oʻxshash islom ramzi deb hisoblashadi, bu notoʻgʻri. Islom dini Allohdan boshqa hech narsa va hech kimga sigʻinmaslikni buyuradi. Yarim oy – islomning juda shartli ramzidir.

Yarim oy – ramzning kelib chiqishi

Yonida yulduzi bor yarim oy – islomdan ming yillar ilgari paydo boʻlgan ramzdir. Shunga oʻxshash belgini Qadimiy Yunoniston, Vizantiya va boshqa butlarga sigʻingan  qadimiy xalqlar qoʻllashgan.  Shunga oʻxshash ramz xristian dinida ham mavjud.

Yarim oyni islom dini ramzi sifatida shakllanishi haqida juda koʻp farazlar mavjud. Eng ommalashgani Vizantiya bilan bogʻliq. Ushbu farazga koʻra, eramizdan avvalgi IV asrda Makedoniya qoʻshini Konstantinopolni (hozirgi Istanbul) bosib olishga harakat qilishadi. Hujum omadsiz yakunlanadi: hujum boʻlgan kecha osmonda makedoniyaliklarni harakatlarini ochib bergan yorqin yarim oy chaqnab turardi. Bosqinchilarning hujumini qaytargan vizantiyaliklar oyni mamlakat ramzi hisoblay boshlashgan. 1453-yilga kelib Vizantiya imperiyasini usmonli turklar qoʻshini bosib oldi. Gʻalaba quchganlar magʻlub mamlakatning urf-odatlarini saqlab qolishdi va ularda ommalashgan ramzdan keng foydalana boshlashdi.   

Boshqa bir tilga olinadigan farazga koʻra, yarim oy 1299-yildan boshlab islom dinini ifodalaydigan ramzga aylandi. Oʻshanda judayam kichik Osiyo xoqonligining Osmon ismli hukmdori tush koʻradi, tushiga butun osmonni yoritib turgan yarim oy kiradi: yerning bir chekkasidan narigi chekkasigacha.  Hukmdor koʻrgan tushini yaxshilik alomati deb hisoblaydi va yarim oyni oʻz hoqonligining ramzi etib belgilaydi. Hukmdorning tushi haqiqatdan ham oʻngidan keladi – uning nabiralari buyuk musulmon davlati, usmonli turklar saltanatini barpo etishga sazovor boʻlishadi va islom olamida din yetakchisiga aylanishadi.

Mutaxassislarning fikri

Islomshunos olimlar islom dini shakllangan vaqtda yarim oy uning ramzi boʻlmaganligini taʼkidlashadi. Paygʻambarimiz Muhammad (s.a.v) va sahobalar umuman hech qanaqa belgi va ramzlardan foydalanishmagan: Qurʼoni Karimda ham Sunnat amallarida ham dinning hech qanaqa xususiy ramzi koʻrsatilmagan. 

Yarim oyni va yonidagi yulduzni islom dini ramzi sifatida usmonli turklar, Konstantinopolni bosib olishgandan soʻng ommalashtirishdi. Usmonli turklar saltanati uzoq muddat islom olamida yetakchilik qilishdi, shu sababli yarim oy ramzini har qanday suratni butparastlik deb hisoblovchi eron-shialaridan tashqari, deyarli barcha musulmon davlatlari qabul qilishdi.

Koʻpchilik ulamolar yarim oyni dinni emas, turk madaniyatining bir qismi – degan fikrni bildirishadi. Boshqalari esa yarim oy ramzini rasmiy islom dini ramzi deb hisoblash toʻgʻri boʻladi degan fikrni bildirishadi, chunki oy baribir musulmon olami xronologiyasining asosiy hisoblash vositasi hisoblanadi. Besh qirrali yulduz esa islom taʼlimotining asosiy besh ustunini ifodalaydi.

Bir masalada islomshunoslar bir fikrdalar: yarim oydan foydalanish taqiqlanmagan, faqatgina agar inson taqinchogʻida yoki kiyimda yarim oy rasmi faqatgina chiroy uchun qoʻllanilgan boʻlsa. Ramzning himoyasiga umid qilish, islom nuqtai nazarida – katta gunoh, insonni faqatgina Alloh asrashi mumkin.

Zamonaviy dunyoda yarim oy masjid, minora va gumbazlarini bezab turibdi va koʻpgina musulmon davlatlarining bayrogʻida aks ettirilgan. Yarim oy aks ettirilgan taqinchoqlarni hamma musulmonlar ham taqishmaydi – arab davlatlarida bunday odat yoʻq. Islom ramzi aks etgan taqinchoqlar taqadiganlarga esa yarim oy diniy mansublik belgisi hisoblanadi.

Akramov Otabek 

“Hidoya” o'rta maxsus 
islom bilim yurti talabasi