Яратилиш санаси 11.08.2021

O‘ZBEKISTON XALQARO ISLOM AKADEMIYASI “QUR’ONI KARIM VA TAJVIDNI O‘RGANISH” O‘QUV KURSLARIGA RO‘YXATGA OLISH BOSHLANDI

O‘quv kurslariga qabul qilish tartibi:

- ta’lim olish uchun 18 yoshga to‘lgan ixtiyoriy ravishda ta’lim olishni istagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tanlov asosida qabul qilinadi;

- ta’lim berish xizmati pullik bo‘lib, har bir tinglovchi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq to‘lovlar amalga oshirilgandan so‘ng o‘quv kurslariga qabul qilinadi.

 

  • Ro‘yxatga olish uchun talab etiladigan hujjatlar ro‘yxati:

-  pasport nusxasi;

-  ta’limi haqidagi hujjat;

-  ma’lumotnoma (obyektivka).

Hujjat topshirish jarayonida ushbu hujjatlarning asl nusxasi ko‘rsatilishi shart.

O‘quv kursi davomiyligi 3 oy.

 

Ro‘yxatga olish haftaning Payshanba va Shanba kunlari soat 10:00 dan 15:00 ga qadar (13:00-14:00 tushlik) O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektorat binosi vestibyulida amalga oshiriladi.

Manzil: Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 11-uy.

Murojaat uchun telefon: (71)-244-96-13.


O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati