Ilmda navbatlashish bobi
Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan, u kishi Umar roziyallohu anhudan rivoyat qiladilar: men va ansorlardan bo’lgan qo’shnim bani Umayya ibn Zaydda edik. U Madinaning ulug’laridan edi. Biz navbat bilan Rasululloh sallollohu alayhi va sallamning oldilariga navbat bilan borar edik. U bir kun o’sha yerda bo’lsa, men ham bir kun u yerga borar edim. Agar men boradigan bo’lsam, vahiy borasidagi va boshqa yangiliklarni unga yetkazib berar edim. Agar u boradigan bo’lsa, u ham xuddi shu ishni qilar edi. Ansor sohibim navbati kuni kelib Rasululloh sallollohu alayhi va sallamning oldilariga ketgandi. Eshigim qattiq taqqilladi. Men qo’rqinchga tushdim va uning oldiga chiqdim. U: “Katta ish sodir bo’ldi”, dedi. Men Xafsanikiga kirgan edim. U yig’lab o’tirgan ekan. Undan: “Rasululloh sallollohu alayhi va sallam sizlarni taloq qildilarmi”, deb so’radim. U: “Bilmayman”, deb javob berdi. So’ngra Nabiy sallollohu alayhi va sallamning oldilariga kirdim. Turgan holimda “Xotinlaringizni talo qildingizmi, yo Rasululloh, dedim. U kishi: “Yo’q”, deb javob berdilar. Men: “Allohu akbar”, dedim.
Buxoriy 89-raqam bilan rivoyat qiladi. Muslim 1479-raqam bilan rivoyat qiladi.
Ibn Hajar rohimahullohu aytadilar: “Bu hadisda ohod xabarga ham tayanish mumkin ekanligi va sahobalarning mursaliga amal qilish mumkinligi kelib chiqadi. Bu yerda tolibning ilm yo’liga berilib, tirikchiligidan uzilib qolmasligi borasida ham ma’no aks etadi. Bir sherik o’zi yo’q kunidagi ilmni sherigidan olib qolishi mumkinligi Umar roziyallohu anhuning holatidan kelib chiqadi. U kishi tijoratdan tirikchilik qilar edilar. bu “savdo” kitobida keltiriladi. Bu yerda olinadigan jihatlardan yana biri mutavotir xabarlarning shartidir. Bunday axborlarda naqli ishonchli bo’lib, aniq ishlar bo’lishligi talab qilinadi. Aksincha, boshlagani aniq bo’lmagan mish-mish gaplar bo’lmaydi. “Fathul boriy” (1/186).
Muso alayhissalomning Hizr alayhissalomning oldilariga ilm talabida safar qilishlari
Ubaydulloh ibn Abdullohdan ibn Utba ibn Mas’uddan, u kishi ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qiladilar: U va Hurr ibn Qays ibn Hisn al-Fazoriy Musoning sohibi borasida bahslashib qoldilar. Ularning oldilaridan Ubay ibn Ka’b o’tib qoldilar. Shunda u kishini ibn Abbos roziyallohu anhu chaqirib: “Men va mana bu sohibim Muso alayhissalomning unga uchrashishga olib boradigan yo’lni so’ragan sherigi haqida tortishib qoldik. Sen Rasululloh sallollohu alayhi va sallamning bu borada biror narsa zikr qilganlarini eshitganmisan?” dedilar. Ubay ibn Ka’b javob berdi: “Ha, bu haqida aytganlarini eshitganman. Muso alayhissalom Bani Isroillik bir jamoatning ichida edilar. u kishining oldilariga bir kishi kelib dedi: o’zingdan ko’ra birorta ilmliroq kishini bilasanmi, dedi. Muso alayhissalom: “Yo’q”, deb javob berdilar. Shunda Alloh azza va jalla: “Yo’q, sen noto’g’ri aytding. Bandamiz Hizr bor dedi. Muso alayhissalom Allohdan unga olib boradigan yo’lni so’radilar. Alloh taolo unga baliqni belgi qilib berdi. Unga: “Agar baliqni yo’qotsang, ortingga qayt. Uni uchratasan”, deyildi. Muso alayhissalom dengizda baliqning izidan ergashib borar edi. Muso alayhissalomning xizmatkori Musoga dedi: “U (xizmatkor) aytdi: “Buni ko'ring, biz (dengiz sohilidagi) qoyaga borib (orom olgan) paytimizda, men baliqni unutibman. (Buni sizga) aytishni faqat shayton yodimdan chiqardi. U (baliq) dengizga ajib (yo'sinda) yo'l olgan edi”. (Kahf surasi, 63-oyat). Muso alayhissalom: “Mana shu biz istagan narsa edi”, dedilar. So’ngra xizmatkorlari bilan ikkovlari izlaridan qatib ketdilar. izlab Hizrni topdilar. Ular bilan bo’lgan voqealarni Alloh taolo o’z kitobida to’liq hikoya qilmagan. Buxoriy (74). Muslim (2380).
Bu hadisda ilmda o’jarlik qilmasdan tortishish mumkinligi va nizo paytida va ohod xabarga amal borasida ahli ilmga murojaat qilish joizligi kelib chiqadi. Ilm talabida, balki ilmini yuksaltirish borasida dengiz oshish joizligi hamda safar chog’ida zodi-rohilasini ham tayyorlab olish ham shariyatda bor ekanligi. Har holatda tavozeni yo’qotmaslik kerakligi va shuning uchun ham Muso alayhissalomning Hizr alayhissalom bilan uchrashishga haris bo’lganliklari. U kishining ilmidan ilm berish va odobidan odob o’rgatish hamda nafsini poklashni xohlaganlarga tanbeh uchun u kishidan o’rganishni istashliklari.
Isoqjonov Muhammadibrohim
ta'lim muassasasi o'qituvchisi