OY KITOBXONLARI TAQDIRLANDILAR...
Sir emaski kitob inson ma’naviyatini yuksaltiruvchi eng katta omildir. Shu sababli doimo mutolaa bilan mashg’ul bo’lish kishida ulkan foydalar sari yo’l ochadi. Natijada fikri teranlashadi, dunyoqarashi kengayadi. Bunga davlat siyosati darajasida bo’lgan e’tibor, inson zavqini yanada oshiradi. Prezidentimizning “Yoshlarni kitob bilan hamnafas bo’lib yashashi” ga undashlari kelajak sari qo’yilgan muhim qadamdir. Ana shularni inobatga olib, yoshlarni bo’sh vaqtidan unumli foydalanish maqsadida “Hidoya” o’rta maxsus islom bilim yurtida oktyabr va noyabr oylarida arab tilidan darslikdan tashqari qo’shimcha kitob o’qish musobaqasi tashkillashtirildi.
Musobaqada hech qanday qiyin shartlar qo’yilmadi. Balki, ko’proq kitob o’qishlikka undaldi. Bunda 1-kursdan 4-kursgacha hamma talabalar bu vazifani bajara olishi asosiy maqsad qilib qo’yildi. Mana shu xolat barchani birdek qamrab olishga ham xizmat qiladi. Buning foydali jihati – lug’at boyligi ko’payadi, arabiy so’zlarni talaffuzi yengillashadi, kitob o’qishga qiziqishni oshiradi, mutolaa qilish malakasi xosil bo’lishi kabi bir nechta manfaatlari bor. Bu jihat o’z samarasini berib, 1-kurs talabalaridan ham ko’plari munosib tarzda ishtirok etishdi.
Musobaqa shartiga ko’ra, oson bo’lishi uchun qancha miqdorda o’qishi oldindan belgilab berilgan bo’lib, ayrim talabalar qo’shimcha ko’proq kitob o’qishdi. Musobaqa shartlarini to’liq bajargan Ahmadjanov Oyatullo oktyabr oyi kitobxoni bo’ldi. Bu borada yuqori uchlik quyidagicha;
1-o’rin: Ahmadjanov Oyatulloh 4-kurs 45-guruh
2-o’rin: Payg’amov Niyozbek 4-kurs 46-guruh
3-o’rin: Akmalxonov Muhammad 2-kurs 51-guruh
Noyabr oyi natijariga ko’ra bu borada Vahobov Asrorjon belgilangan shartni to’liq bajarib noyabr oyi kitobxoni bo’ldi. Bu oyda yuqori o’rindagilar quyidagicha;
1-o’rin: Vahobov Asrorjon 4-kurs 46-guruh
2-o’rin: Karimov Kamoliddin 3-kurs 49-guruh
3-o’rin: Payg’amov Niyozbek 4-kurs 46-guruh
1-o’rinni qo’lga kiritib g’oliblikka ega bo’lgan talabalar bilim yurti tomonidan moddiy mukofot bilan taqdirlandilar. Musobaqa har oy tashkil etilib, yil davomida g’oliblar aniqlab boriladi va yil oxirida umumiy g’olib nomi e’lon qilinadi.
Yusufxon Shodiyev
“Hidoya” o'rta maxsus islom
bilim yurti o’qituvchisi