Яратилиш санаси 02.07.2026

Iyun oyi kitobxoni taqdirlandi

“Hidoya” o’rta maxsus islom ta’lim muassasasida 2025-yil oktyabr oyidan arab tilida darslikdan tashqari qo’shimcha kitob o’qish bo’yicha musobaqa bu o’quv yilgi bosqichi boshlangan edi. Bu tanlov iyun oyida ham davom etdi.

Musobaqa shartiga ko’ra iyun oyida har kuni qo’shimcha tarzda yigirma bet arabiy kitob o’qish vazifa qilib belgilandi.

Bundan tashqari o’zbek tilidagi ilmiy va badiiy adabiyotlarni ham talabalar o’qishlarini ta’minlash maqsadida 4-kurslar orasida ham musobaqa tashkil etildi. Unda yanada ko’proq ma’lumotlarga ega bo’lishi va nutqi ravon bo’lishini e’tiborga olgan holda asosan bitiruvchi kurs talabalari o’rtasida tashkil etildiki. Bu yo’nalishda esa har kuni 45 bet kitob o’qish vazifa etib belgilandi.

Bu oydagi musobaqa umumiy natijalarni hisoblaganda bu oyda berilgan vazifani to’liq, uzluksiz bir nafar talaba bajardi. U 2-kurs 57-guruh talabasi Olimov Muhammadxon bo’lib, iyun oyida g’oliblikni qo’lga kiritdi.

Qo’shimcha tarzda eng ko’p bet kitob o’qish bahsida esa shartga mos keladigan g’olib topilmadi.

O’zbek tilidagi adabiyotlarni o’qish bo’yicha ham g’olib keladigan talaba bo’lmadi.

G’olib homiylarni jalb etgan holda kitoblar va moddiy mukofot bilan taqdirlandi.

Musobaqa har oy tashkil etilib, yil davomida g’oliblar aniqlab boriladi. Yil oxirida esa umumiy g’olib nomi e’lon qilinadi

                                          Yusufxon Shodiyev

                                          “Hidoya” o’rta maxsus islom 

                                            ta’lim muassasasi o’qituvchisi