Яратилиш санаси 25.11.2026

“Kitob — ma’rifat manbai”: “Hidoya”da kitob yarmarkasi taşkil etildi

 

“Hidoya” örta maxsus islom ta’lim muassasasida kitobxonlik madaniyatini keng tarğib qiliş, ustoz va talabalarning mutolaaga bölgan qiziqişini yanada oşiriş maqsadida muassasasa Axborot – resurs markazi tomonidan “SAMO BOOKS” naşriyoti bilan hamkorlikda “Kitob – ma’rifat manbai” nomli kitob yarmarkasi taşkil etildi.

Yarmarkada “SAMO BOOKS” naşriyoti tomonidan diniy-ma’rifiy, ilmiy-ommabop, badiiy va tarbiyaviy yönalişlardagi turli kitoblar keng namoyiş etildi. Taqdim etilgan adabiyotlar orasidan yoşlar ma’naviyatini yuksaltiriş, dunyoqaraşini boyitiş va ilmga bölgan intilişini mustahkamlaşga xizmat qiluvçi asarlar ham örin oldi.

Tadbir davomida ta’lim muassasasi rahbariyati, professor-öqituvçilar, xodimlar va talabalar yarmarkada namoyiş etilgan kitoblar bilan yaqindan tanişdilar. Iştirokçilar özlarini qiziqtirgan adabiyotlarni közdan keçirib, ularning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida fikr almaşdilar hamda sohaga oid va ijtimoiy, badiiy mazmundagi kitoblarni, şu bilan birga jahon adabiyotining durdona asarlaridan xarid qilişdi.

Ta’kidlaş joizki, bunday ma’rifiy tadbirlar yoş avlod qalbida kitobga muhabbat uyğotiş, mutolaa madaniyatini şakllantiriş va ilm-ma’rifatga intilişni kuçaytirişda muhim ahamiyat kasb etadi.

Zero, kitob — inson tafakkurini boyituvçi, ma’naviy kamolot sari yetaklovçi bebaho xazinadir.

Ta’lim muassasasi Axborot – resurs markazi

Таълим муассасаси Ахборот – ресурс маркази