Ta'lim muassasasida "Muxtasar al-Quduriy" asari öqib tugatildi
Kitob inson ma’naviyatini yuksaltiruvçi, uni ezgu maqsadlarga çorlovçi yöldoşidir. Kitob orqali inson yurar yölini yoritadi, u bilan bir umr hamroh bölib yaşaydi. Ana şunday maqsadlarni közlab, talabalar böş vaqtlaridan unumli foydalangan holda “Hidoya” örta maxsus islom ta’lim muassasasida talabalar bilan asosiy darsdan taşqari vaqtlarida qöşimça tögaraklar taşkil etilgan.
Ta’lim muassasa ustozlari tomonidan asosiy darslik fanga qöşimça ravişda fanga doir boşqa adabiyotlarni ham talabalar bilan mutolaa qiliş va fanni öquvçilar yanada çuqurroq egallaşlari uçun barça şaroitlar yaratilgan. Bundan unumli foydalanib ta’lim muassasasida yana bir mötabar kitob xatmi kutub (kitoblarni oxirigaça öqib tugatiş) qilindi. Unda ta’lim muassasa fiqh fani öqituvçisi Yusufxon Şodiyev domla rahbarligida 54-guruh 4-kurs talabalari Imom Abul Husayn Quduriy (362-428h, 973-1037m) ning “Muxtasarul Quduriy” kitobini boşidan oxiriga qadar arabiy matni öqib tarjima qilib tugatildi.
Uşbu kitob 2025-yil oktyabr oyida boşlangan bölib, 2026-yil oktyabr oyida yakuniga yetkazildi. Kitobni tugatiş jarayonida ta’lim muassasa direktori Q. Mirzabayev, ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça mudir örinbosari R. Nasriddinov, öqub uslubiy bölim boşliğI A. Tursunov va ta’lim muassasa ustozlari iştirok etişdi. Ta’lim muassas katta ustozi Azimxon domla Abdullayev “Muxtasarul quduriy” kitobi haqida fikr bildirib; unda köplab masalalar joy olgani, tuşuniş va tatbiq etişga juda qulay yoritilganini e’tirof qilib ötdi. Ustoz hamrohligida bir kitobni tugatiş e’tirofga sazovor yutuq ekani, ayniqsa, kelgusida imomlik faoliyatida asqotişi ta’kidlab ötildi. Tadbir sönggida esa muallif haqqiga qilingan xatmi Qur’on tugatilib, ustozlar tomonidan xayrli duolar ila yakunlandi.









Yusufxon Şodiyev
“Hidoya” örta maxsus islom
ta’lim muassasasi öqituvçisi