Яратилиш санаси 24.11.2026

Ta’lim muassasasining fidoiy xodimi “Diniy bağrikenglik” kökrak nişoni bilan taqdirlandi

Joriy yil, 17 noyabr kuni Namangan viloyatida “16 noyabr – Xalqaro bağrikenglik kuni” munosabati bilan tadbir bölib ötdi. 

“Hidoya” örta maxsus islom ta’lim muassasasining fiqh fani öqituvçisi Sofvatulloh domla Qayumov ta’lim-tarbiya jarayonida özining çuqur bilimi, mas’uliyatli yondaşuvi va yuqori ma’naviy saviyasi bilan alohida e’tirofga sazovor bölib kelmoqdalar. U kişi talabalarga fiqh ilmini puxta asoslar bilan, mantiq va dalillarga suyangan holda örgatiş, ularda şariat qoidalarini töğri anglaş va amaliyotga tatbiq etiş borasida samarali faoliyat yuritib kelmoqda.

Şuningdek, Ismoilxon domla ta’lim muassasasida tarbiyaçi sifatida ham fidoyilik körsatib, talabalarning axloqiy kamolotini ta’minlaş, ularni vatanparvarlik, hurmat, insonparvarlik va bağrikenglik ruhida tarbiyalaşga katta hissa qöşib kelmoqdalar. U kişi doimo yoşlarga ibrat bölib, özini tutişi, halollik, poklik va ezgulik borasidagi nasihatlari bilan talabalar örtasida alohida hurmat va obrö-e’tibor qozongan.

Ayni şu samarali mehnatlari va jamoadagi faol iştiroklari uçun Işanov Ismoilxon domla “Diniy bağrikenglik” kökrak nişoni bilan munosib taqdirlangani ta’lim muassasasi jamoasi uçun ham katta quvonç va şaraf böldi.

Ta’lim muassasasi Matbuot xizmati