Bitiruvçi kurs talabalarini oliy diniy ta’lim muassasalariga yönaltiriş böyiça suhbat ötkazildi
"Hidoya" örta maxsus islom ta’lim muassasasi bitiruvçi kurs talabalarini oliy ta’lim olişga qiziqtiriş, ularning keyingi ta’lim bosqiçini davom ettirişga bölgan intilişlarini rağbatlantiriş maqsadida Ta’lim sifatini nazorat qiliş sektori boş mutaxassisi Şavkatjon Madaminov hamda Öquv-uslubiy bölim uslubçisi Yusufxon Şodiyev tomonidan bitiruvçi kurs talabalari bilan suhbat ötkazildi.
Suhbat davomida Özbekiston musulmonlari idorasi tizimidagi oliy diniy ta’lim muassasalari, ularning ta’lim yönalişlari hamda qabul imtihonlarini topşiriş tartibi haqida batafsil ma’lumot berildi.
Şuningdek, ta’lim muassasasida bitiruvçi kurs talabalarining oliy diniy ta’lim muassasalariga kiriş imtihonlariga tayyorgarlik körişlarini ta’minlaş maqsadida taşkil etilgan maxsus tayyorlov kurslari — arab tili, fiqh, aqoid, hadis va Özbekiston tarixi fanlari böyiça öquv maşğulotlari haqida ma’lumot berildi. Mazkur maşğulotlarda talabalarning muntazam iştirok etişi, öz bilim va könikmalarini mustahkamlab borişi muhimligi alohida ta’kidlandi.






Ta'lim muasasasi Matbuot xizmati