Bilim yurtida talabalarning qishki ta’tilga kuzatish oldidan tadbir bo'lib o'tdi
“Hidoya” o‘rta maxsus islom bilim yurti 2023-2024 o‘quv yili talabalarning qishki ta’tilga kuzatish oldidan joriy yil 22-dekabr kuni o‘qituvchi va talabalar ishtirokida umumiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni bilim yurti mudiri Abdulaziz Bobamirzayev ochdi va olib bordi. Notiq o‘z so‘zida bilim yurti o‘qituvchi, xodim va talabalarini yaqinlashib kelayotgan yangi yil bayrami bilan qutladi.
So‘ng O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2023-yil 6-dekabrdagi 01A/157-sonli buyrug‘i bilan tanishtirib, talabalarni 2023 yil 24 dekabrdan 2024-yil 8-yanvarga qadar qishki ta’tilga chiqishlarini, ta’til jarayonida e’tibor berishlari lozim bo‘lgan jihatlarga to‘xtalib o‘tdi.
Talabalarning qishki ta’tilga ketish oldidan ularning xavfsizligini ta’minlash maqsadida yo‘llarda harakatlanish qoidalari, mobil telefonlari va boshqa xotira qurilmalarini ko‘rikdan o‘tkazildi hamda noqonuniy diniy ta’lim berish bilan shug‘ullanmaslik bo‘yicha belgilangan tartibda tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Uzoq viloyatlardan kelgan talabalaming doimiy yashash joylariga borib kelishlari uchun temir yo‘l va aviachipta bo‘yicha belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi.
Shuningdek, ta’til davrida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qilish, ta’til davrini mazmunli o‘tkazishlarini ham ta’kidlab o‘tdi.
Ta’til vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida pedagog-o‘qituvchi va guruh rahbarlari tomonidan yakuniy nazoratlarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tavsiya va topshiriqlar berildi.
Qishki ta’til davrida talabalar turar joyi hamda ma’muriy va o‘quv xonalari sanitariya-gigiyena talablariga muvofiq dezinfeksiya ishlari olib borilishi aytib o‘tildi.
Ta’til davrida bilim yurtining pedagog-o‘qituvchilar uchun o‘quv jarayoniga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodlar hamda ixtisoslik fanlari bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv seminarlari tashkil etish rejalashtirigan.
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i R.Nasritdinov talabalarga qishki ta’til munosabati bilan texnika xavfsizligi va yo‘l harakat xavfsizligi qonun-qoidalariga qat’iy amal qilishlari, jamoat transportlarida yurish tartib qoidalariga amal qilishliklari, ta’til jarayonida turli xil noqonuniy diniy adabiyotlar hamda shaxsiy telefon, noutbuk va kompyuterida kino, foto-audio-video qurulmalari hamda ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan matbaa nashrlarini va shu kabi boshqa materiallarni olib yurmaslik va foydalanmasliklari, noqonuniy diniy adabiyotlarning ilovalaridan foydalanmaslik va ularda saqlamaslik, fitna-fasod tarqatuvchi ijtimoiy tarmoqlarga a’zo bo‘lmaslik va bunday materiallardan foydalanmaslik hamda “layk” bosmaslik, hozirgi davr ofati bo‘lgan dinimizga butunlay yot bo‘lgan oqimlarga aslo qo‘shilmasliklari, talabalik sha’niga nomunosib bo‘lgan ishlarga yaqinlashmasliklari, uyda, mahallada va masjidda hujra shaklida yoki yakka tartibda norasmiy diniy ta’lim bermaslik hamda o‘zi ham bunday joylarda ta’lim olmaslik, bayram munosabati bilan uyushtiriladigan turli kechalar, ko‘ngilochar bog‘larga va kishilar jamoat bo‘lib to‘planadigan tadbirlarga bevaqt bormaslik, qishki ta’til vaqtini mazmunli o‘tkazish, kompyuterlarda, yangi yil bayrami munosabati bilan turli xil pirotexnika vositalaridan foydalanmaslik va savdosi bilan shug‘ullanmaslik, ta’til vaqtida turli xil bazmlar, sinfdoshlar, kursdoshlar va mahalladagi yaqinlar bilan o‘tkaziladigan yig‘ilish hamda tadbirlarga bormaslik, aksincha, o‘z bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish maqsadida uylarida qo‘shimcha adabiyotlar mutolaasi bilan mashg‘ul bo‘lishlarini ta’kidlandi.
Bilim yurti matbuot xizmati