Sog‘-tanda sog‘lom aql
Bilim yurtining 2024-o‘quv yilida “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘lim boshlig‘i” ning yillik ish rejasiga muvofiq “14-yanvar O‘zbe¬kiston Respublikasining Vatan himoyachilari kunining” 32 yilligi bayrami munosabati bilan tuzilgan rejaga binoan joriy yilning 13-yanvar kuni “Sog‘-tanda sog‘lom aql” shiori ostida tadbir o‘tkazildi. Unda o‘qituvchi va talabalar ishtirok etdilar.
Tashkil etilgan tadbirni bilim yurti “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimi A.Abdurashidov ochdi va olib bordi. U tashkil etilgan davra suhbati to‘g‘risida so‘z yuritdi, tadbirni davom ettirish uchun so‘zni bilim yurti mudiri A.Bobamirzayevga berdi.
Notiq o‘z so‘zida ishtirokchilarga “14-yanvar O‘zbe¬kiston Respublikasining Vatan himoyachilar kunining 32 yilligi bayrami” yuzasidan to‘xtalib, batafsil ma’lumotlar berib o‘tdi.
Notiq o‘z so‘zi davomida 14-yanvar bayram munosabati bilan shu kunga bag‘ishlab o‘tkaziladigan sport musobaqalari “Stol tennisi”, “Tosh ko‘tarish”, “Shaxmat” turlari bo‘yicha ma’lumotlar berib shartlarini eslatib o‘tdi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan mazmunli javoblar oldilar.
Shundan so‘ng Abdurashidov Abduvahhob “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bayram tabrigi”ni o‘qib eshittirdi.
Tadbir so‘ngida yurtimiz sarxatlarida xizmatda turgan barcha Vatan ximoyachilarni 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” bilan bilim yurti ma’muriyati va talabalari tomonidan tabrik yo‘llandi.
Bilim yurti talabalari tomonidan 14-yanvar bayram munosabati bilan shu kunga bag‘ishlangan maqola, vedio ro‘lik va audio maqolalar hidoya.uz saytida nashr etildi.
Rivojiddin Nasritdinov
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va
ma’rifat bo‘limi boshlig‘i