Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi...
Bilim yurtining 2023-2024 o‘quv yilida Umuminsoniy va milliy qadriyatlarni, shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy va siyosiy islohotlar mohiyatini targ‘ib etish bo‘yicha “9-fevral O‘zbek mumtoz adabiyotining buyuk mutafakkir shoiri Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi” munosabati bilan tuzilgan rejaga muvofiq joriy yil 9-fevral kuni tadbir o‘tkazildi. Unda o‘qituvchi va talabalar ishtirok etdilar.
Tadbirni bilim Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i ochib, so‘z mulkining sultoni shoh va shoir haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tdi notiq o‘z so‘zida ishtirokchilarga Ulug‘ shoir ijodining shoh asari «Xamsa» 5 dostondan iborat. Bular «Hayrat ul-abror» («Yaxshilar hayrati»), «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Sab’ayi sayyor» («Yetti sayyora»), «Saddi Iskandariy» («Iskandar devori») dostonlaridir. Fors adabiyotidagi xamsachilikka javob sifatida o‘zbek tilida birinchi marotaba yaratilgan Alisher Navoiy «Xamsa»si bu tilning cheksiz imkoniyatlarini amalda isbot etdi. 52 ming misradan iborat bu beshlik 15-asr islom tafakkurining borliq va tabiat, inson va jamiyat, axloq va kamolot haqidagi o‘ziga xos qomusi edi. Shoir voqealarni qadim Sharq tarixining Xusrav, Bahrom, Iskandar kabi nomlari afsonalar bilan chulg‘angan shaxslar, Layli va Majnun kabi oshiqlar hayotidan oldi. Ularga yangi mazmun berdi, turkona ruh kiritdi.
O‘zbek mumtoz adabiyotining buyuk mutafakkir shoiri Alisher Navoiyning tavalludining 583 yilligi munosabati bilan shoirning hayot va ijodlari hamda dinimiz yo‘lida qilgan xizmati to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tdi.
Tadbir davomida talabalar Alisher Navoiyning o‘zlari yodlagan she’r va g‘azallaridan namunalar keltirdilar.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mazmunli javoblar oldilar.
Bilim yurti matbuot xizmati