“Muxtasar yodlagan talabalar shartnoma sertifikati bilan taqdirlandi”
“Hidoya” o’rta maxsus islom ta’lim muassasasida 2024-2025-o’quv yili mart-iyun oylarida barcha talabalar o’rtasida o’tkazilgan “Muxtasar-al-Viqoya” kitobi boshidan boshlab, ya’ni, poklik kitobidan to nikoh kitobigacha beshta faslni bir martada yodlagan holda umumiy 100 ball to’plab 1-o’rinni egallagan ta’lim muassasasi 55-guruh talabasi Mahmudov Abduqodir ta’lim muassasa tomonidan maqtov yorlig’i va 2025-2026-o’quv yili uchun bir yillik shartnoma to’lovi sertifikati bilan taqdirlandi. Bundan tashqari ushbu shartni bajarib jami 100 ball to’plab 2-o’rinni egallagan 54-guruh talabasi Alixonov Abdurahmon hamda 91 ball bilan 3-o’rinni egallagan 55-guruh talabasi Raxmatullayev Muhammadxalilga 50% shartnoma to’lovi sertifikati berildi. Ushbu talabalar tahorat, namoz, ro’za, zakot va haj kitoblarini mas’ul ustozga to’liq yodlab o’tkazishdi.



Ushbu talabalarga maqtov yorlig’i va sertifikatni bu yilgi o’quv yili boshida barcha talaba va ustozlar guvohligida ta’lim muassasa rahbariyati va Namangan viloyat bosh imom xatibi Musoxon domla Abbasiddinov tomonidan topshirildi. Musobaqa har yili uch bosqichda o’tkazib kelinadi. Bu yilgi musobaqa 1-3 bosqichlari oktabrdan boshlanib iyun oyigacha davom etadi.
Yusufxon Shodiyev
“Hidoya”o’rta maxsus islom
ta’lim muassasasi o’qituvchisi