Яратилиш санаси 14.02.2024

Ahmadjanov Nuriddin YANVAR OYI KITOBXONI

Talabalar ta’til davrida bo’sh vaqtlari unumli o’tishi va savodxonlikni yanada oshirish maqsadida yanvar oyida ham qo’shimcha kitob o’qish musobaqasi davom ettirildi. Oldingi oylardan farqi bu oyda 10 betni mutolaa qilish talab etildi. 

Musobaqada hech qanday qiyin shartlar qo’yilmadi. Balki, ko’proq kitob o’qishlikka undaldi. Bunda 1-kursdan 4-kursgacha hamma talabalar bu vazifani bajara olishi asosiy maqsad qilib qo’yildi. Mana shu xolat barchani birdek qamrab olishga ham xizmat qiladi. Buning foydali jihati – lug’at boyligi ko’payadi, arabiy so’zlarni talaffuzi yengillashadi, kitob o’qishga qiziqishni oshiradi, mutolaa qilish malakasi xosil bo’lishi kabi bir nechta manfaatlari bor. 

Musobaqa shartlarini boshqalardan ko’ra to’liqroq bajargan Ahmadjanov Nuriddin yanvar oyi kitobxoni bo’ldi. Bu borada yuqori uchlik quyidagicha;

1-o’rin: Ahmadjanov Nuriddin 4-kurs 45-guruh

2-o’rin: Akmalxonov Muhammad 2-kurs 51-guruh

3-o’rin: Mahmudov Islom Abdurahmon 4-kurs 45-guruh

Belgilangan vazifadan ko’proq qo’shimcha kitob o’qish bahsida esa me’yor talablari bajarilmaganligi sababli biror kishi sovrindor bo’lmadi.

1-o’rinni qo’lga kiritib g’oliblikka ega bo’lgan talaba bilim yurti tomonidan moddiy pul mukofoti bilan taqdirlandi. Musobaqa har oy tashkil etilib, yil davomida g’oliblar aniqlab boriladi va yil oxirida umumiy g’olib nomi e’lon qilinadi.

 Yusufxon Shodiyev

“Hidoya” o'rta maxsus islom 
bilim yurti o’qituvchisi.