Yoshlar bilan uchrashuv...
Joriy yil 19-fevral kuni bilim yurtida “Ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish” yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari Xatamov Jamshed Muxtarovich, O‘MIning Namangan viloyati bosh imom xatibi Musoxon domla Abbasitdinov, bilim yurtining o‘qituvchi va talabalari ishtirok etdilar. Jami 160 nafar kishi qatnashdi.
Tadbirni Namangan viloyati bosh imom xatibi Musoxon domla Abbasitdinov ochib, tadbir yuzasidan ishtirokchilarga qisqacha ma’lumot berdi hamda so‘zni Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari J.Xatamovga berdi.
Notiq o‘z so‘zida bugungi kunda mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarga to‘xtalib, talaba yoshlarga hozirgi davrda globallashuv jarayoni tobora kengayib borayotganligi va bu jahon siyosiy makonning yangicha ko‘rinishi va taraqqiy etishiga ta’sir qilganligi, jahon siyosiy makonida davlatlarning global rivojlanishi bu avvalambor, dunyoning barcha davlatlari va xalqlarining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik, psixologik jihatdan birgalikdagi yangicha taraqqiyotidir. Globallashuv sharoitida avj olgan muammolarning yechimi hamkorlikdagi harakatlarni talab qilmoqda.
Hozirgi kunda aholi ongiga chetdan kirib kelayotgan har turdagi axborotlar tez sur’atlarda ta’sir etmoqda. Axborot – xavfsizlik tushunchasi ana shu tarzda ma’naviy-axloqiy mezonga aylanadi. Erkin shaxs va ozod kishilik jamoasi bo‘lgan fuqarolik jamiyati sharoitida axborot xavfsizlikning o‘ziga xos tizimlari shakllanmog‘i lozim. Bu bevosita OAV faoliyati va unga xizmat qiladigan axborot oluvchi, saqlovchi va tarqatuvchi xodimlarning siyosiy saviyasiga, kasb mahoratiga, eng muhimi fuqarolik pozitsiyasiga, jamiyat ishiga daxldorlik tuyg‘usiga bog‘liq.
Shunday qilib, globallashuv sharoitida aholining yot g‘oyalarga ergashib ketishi, ularga qing‘ir ishlarning jiddiy oqibatlari, javobgarligi va xuquqiy asoslari haqida mukammal tushunchalar berish, bu borada targ‘ibot ishlarini yanada kengroq olib borishimiz lozim .
Taraqqiyotimizning yangi davrida diniy sohada juda katta islohotlar amalga oshirilayotgani, bugungi kun diniy soha xodimi zamonga ziyraklik, teran fikr bilan qarashi, o‘zining ustida muntazam ishlashi va imomlik sharafli xizmat ekani hamda mo‘min-musulmonlarning diniy-ma’rifiy sohada ehtiyojlarini qondirish uchun tinimsiz izlanib, xizmat qilishlari zarurligiga alohida urg‘u qaratilishi hamda bitiruvchi yoshlar uchun kelgusida o‘z ustilarida muntazam izlanish olib borish va ushbu xizmat davomida muqaddas islom dini ma’rifatini keng yoyish, xalq, vatan oldidagi burchlarini sidqidildan ado etish yo‘lida talaba yoshlarga iliq tilaklar bildirildi.
Tadbir so‘ngida o‘qituvchi talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mehmonlar tomonidan javoblar oldilar.
Bilim yurti matbuot xizmati