Ilm olish fazilati..
2024 yil 19- fevral kuni bilim yurtimizda ustozlar va talabalar ishtirokida “Ilm olish fazilati” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Unda o‘qituvchilardan 20 nafar va talab alardan 150 nafar ishtirok etdilar.
Tadbirga O‘zbekiston musulmonlari idorasi Namangan viloyat vakili, Namangan viloyati bosh imom xatibi Abbosiddinov Musoxon qori domla tashrif buyurdi.
Tadbirni bilim yurti o’quv ishlar bo’yicha mudir o’rinbosari S. Madmusayev ochib, so’zni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Namangan viloyat vakili Abbosiddinov Musoxon qori domlaga berdi.
Notiq o‘z so‘zida ma’lumki, Islom dini insonlarni ilm olishga keng targ‘ib qiladi. Payg‘ambarimiz sollalloxu alayxi vasallamga nozil qilingan dastlabki oyatlarda o‘qishga buyurilishning o‘zi xam Islom ilmu-ma’rifat dini ekanining yorqin dalilidir. Alloh taolo ilmni qiyomatgacha bandalar uchun ma’rifatga erishish, xaqiqatni topish, ikki dunyo saodatiga erishish vositasi qildi. Ilmsizlik esa insoniyatni tubanlikka, xalokatga olib borishini bildirdi. Bugungi kun yoshlariga juda ko’p imkoniyatlar yaratib berilgan. Yoshlarimiz bu imkoniyatlardan oqilona va to’g‘ri foydalanishlari lozim. Lekin, ming afsuslar bo’lsinki, ba’zilarning farzandlari, xossatan, maktab yoshidagilar vaqtlarining aksarini internet va kompyuter o’yinlar klublarida xar xil nojo’ya o’yin o’ynab, insonning qalbi va imoniga zar ar keltiradigan rasm va videolarni tomosha qilib va turli yo’ldan adashtiruvchi notanish kishilar bilan suxbat o‘tkazib, umrlarining oltin davrini zoya qilmoqdalar. Vaholanki, bu davrda vaqtning qadriga yetish, undan unumli foydalanish lozim ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Tadbir yakunida talabalar ilm olish faziylati va Qur’oni Karimni yodlash usullari va tartibi to‘g‘risida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan mazmunli javob oldilar.
Bilim yurti matbuot xizmati