Ikki kishini tarix unutmaydi...
Dunyoda o'z vatanini sevmaydigan inson bo'lmasa kerak, vatanini haqiqatda sevadigan inson uning himoyasi uchun kerak bo'lsa jonini berishga tayyor bo'ladi. Tarixda ko'plab, vatani uchun jon fido qilgan qahramonlar o'tishgan. Misol uchun buyuk bobomiz Najmiddin Kubro yurtlaridagi eng obro'li kishilardan bo'lishlariga qaramay ona vatan uchun mardonavor kurashganlar, hattoki mo'g'illar u zotning martabalarini eshitib siz jangga qo'shilmang biz sizga tegmaymiz, hohlasangiz boshqa joyga chiqib keting deb taklif bildirishadi, lekin Najmiddin Kubro vatanlari uchun kurashishni tanlaydilar va vatan himoyasi uchun jon berib shahid bo'ladilar.
Vatanni himoya qilish ulug' jasorat, haqiqiy mard va er kishining vazifasidir. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Ikki ko'zni hargiz (do'zah)o't tutmaydi: Allohning yo'lida musulmonlarni qo'riqlab tong ottirgan ko'z va Allohdan qo'rqib yig'lagan ko'z", dedilar.(Abu Yalo rivoyati, hadis sanadidagi kishilar ishonchlidir). Musulmonlarning qonlari, obro'lari, yurtlari, mollariyu jonlarini saqlash uchun uxlamay tong ottirgan kishiga ulug' darajotlar beriladi, chunki vatan sarhadlarini qo'riqlash bilan nafaqat o'zi balki butun jamiyatga foydali ish qilgan bo'ladi, agar niyyati xolis bo'lib shu yo'lda jon bersa shahid bo'ladi. Ulamolar vatanni sevish va uni himoya qilishni shar'iy vojib deydilar. Islom vatanga muhabbat qo'yish va mansublikni aqidaning bir bo'lagi etib, vatan tuprog'ini himoya qilishni muqaddas burch qilib qo'ydi.
Lekin gurunch kurmaksiz bo'lmaydi deganlaridek, ayrim insonlar vatan va vatanparvarlik nima ekanini his qilmaydilar, ular faqat o'z foydalarini o'ylaydigan, o'z manfa'atlari yo'lida vatanlarini sotishgacha boradigan vatan xoinlaridir. Xiyonat vafodorlikning ziddidagi ish bo'lib, gunohi kabiralardan hisoblanadi. Alloh taolo bu illatdan qattiq qaytargan. Xiyonatni va xiyonatchini Alloh suymaydi.
"...Albatta, Alloh xoinlarni sevmas". (Anfol surasi 58-oyat)
Insonlar azaldan Vatanga xiyonat qilishni eng yomon jazoga loyiq qabixlik deb bilishgan. Abraha bir ibodatxona qurdirdi. U hojilarni Baytullohga emas, o'zi qurdirgan o'sha ibodatxonaga burib yuborishni xohlardi. Shunda arablardan bir kishi borib, najosat chiqarib, uning devoriga surkaydi. G'azablangan Abraha esa Ka'bani buzishni qasd qilib, uning uchun qo'shin va fillarni yo'lga hozirlaydi. Toifga yetganlarida Mas'ud ibn Mat'ab chiqib: Ey Podshoh! Albatta biz sening qullaringmiz. Senga quloq solamiz, senga itoat qilamiz. Biz senga yo'l ko'rsatadigan kishini jo'natamiz dedi. Uning oldiga Abu Rig'olni Makkaga yo'l ko'rsatuvchi qilib yuborishdi. Yo'lda Abu Rig'ol vafot etdi. Arablar uning qabrini tosh bo'ron qilishdi. O'sha toshbo'ron qilingan qabr Mug'ammasda joylashgan. Shunday qilib qadim arab tarixida Abu Rig'oldan boshqa biror-bir inson xoin sifatida tanilmagan.
Ikki kishini tarix esdan chiqarmaydi: VATAN HIMOYACHISI va VATAN XOININI..
Akmalxanov Muhammad
“Hidoya” o'rta maxsus islom
bilim yurti talabasi