Яратилиш санаси 05.03.2024

“ENG YAXSHI KITOBXON”

Joriy yil 5-mart kuni bilim yurti talabalari o‘rtasida muftiy, shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining “Islomda Vatan tushunchasi” kitobi asosida “ENG YAXSHI KITOBXON” ko‘rik tanlovining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda bilim yurti o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari ishtirok etdilar. 

Tadbirni bilim yurti xodimi Abdurashidov Abduvahhob olib bordi.

Notiq o‘z so‘zida tashkil etilgan  tadbir to‘g‘risida so‘z yuritish uchun bilim yurti mudiri Abdulaziz Bobamirzayevga  so‘z berdi. Bilim yurti mudiri ishtirokchilarga Vatan din, millat, elat, boylik, nasab, yosh, rang, joy tanlamaydigan va had-chegara bilmas ajib bir tuyg‘u. Vatan – eng ko‘p qalamga olingan, sir-sinoatli, serqirra va serjilo tushunchadir. Vatani bor inson baxtli insondir. Vatani yo‘q inson esa baxtsiz insondir. Kindik qonimiz to‘kilgan va bir umr yashaydigan yurtimiz bizga taqdir qilingan vatandir. Musofir bo‘lmaguncha vatan va yurt qadr-qimmatini anglab bo‘lmaydi. Vatanga bo‘lgan muhabbat, uni ardoqlash va obodu-farovon ko‘rish borasidagi fikr-mulohazalarini bildirdi.

Notiq o‘z so‘zida bilim yurti talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “ENG YAXSHI KITOBXON” ko‘rik tanlovining yo‘nalishlari haqida aytib o‘tdi. 

Tadbir musobaqa shaklida tashkil etilgan bo‘lib, bilim yurtining 1-4 kurslaridan  8 nafar talabalar ishtirok etdilar. 

Ushbu tanlov 3 ta yo‘nalishda bo‘lib, ular quyidagilardir:
№ Tanlov yo‘nalishlari Baholash mezoni
1 “Eng yaxshi audiomaqola” 20 ball
2 “Eng yaxshi videomaqola” 20 ball
3 “Eng yaxshi maqola” 20 ball
4 “Islomda Vatan tushunchasi” kitobi asosida talabalar o‘rtasida test sinovlari  40 ball
Ja’mi: 100 ball

Musobaqa so‘ngida 1-o‘rin 85,25 ball bilan 1-kurs 55-guruh  talabasi Sotvoldiyev Qahramon, 2-o‘rin 84,25 ball bilan 1-kurs 55-guruh talabasi Xoshimov Abdulhay va 3-o‘rin  83,75 ball to‘plagan 2-kurs 53-guruh talabasi G‘ofurov Shohrux munosib deb topildi.

Tadbir so‘ngida bilim yurti mudiri Abdulaziz Bobamirzaev so‘z olib tadbirni  tashkil qilganlar va ishtirokchilariga  o‘z minnatdorligini bildirdi. 

Barcha qatnashchilarcha qimmatbaxo sovg‘alar, pul mukofotlari va diplom bilan taqdirlandilar.

Bilim yurti matbuot xizmati 

Изоҳ қолдириш

Изоҳлар