“Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol!”
Joriy yil 7-mart kuni bilim yurtida “8-mart – Xalqaro xotin qizlar kuni” munosabati bilan “Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol!” mavzusida o‘qituvchi va talabalar ishtirokida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda bilim yurti o‘qituvchi va talabalar ja’mi 170 nafari qatnashdi.
Tadbirni bilim yurti mudiri Abdulaziz Bobamirzaev ochib dinimizda ayollarga bo‘lgan e’tibor va xurmat to‘g‘risida so‘z yuritib tadbirni davom ettirish uchun so‘zni bilim yurti tafsir fani katta o‘qituvchisi Sofvatulloh Qayumovga berdi.
Notiq o‘z so‘zida islom dini kelishidan avvalgi davrlarda ayol degan nom qanday axamiyatga ega bo‘lganligi va ularning sha’nini xo‘rlangani, kamsitilganligini ta’kidlab, islom dini kelib, Qur’oni karim nozil bo‘lishi bilan ayol nomi e’zozlangani, ulug‘langani to‘g‘risida talabalarga ma’lumot berib o‘tdi. Ayollarning jamiyatdagi e’tibori, dinimiz ko‘rtsatmalariga ko‘ra Qur’oni karimda nozil bo‘lgan oyatlarda va payg‘ambar Muhammad alayhissalomdan rivoyat qilingan xadislarda ayollarni bizning hayotimizdagi o‘rni va xurmati to‘g‘risida kelgan hadislarni misol tariqasida keltirdi.
Tadbir davomida bilim yurtida xizmat qilib turgan ayol xodimalardan jami 8 nafarini 8-mart Xalqaro xotin qizlar kuni munosabati bilan tabriklab ularga bilim yurti tomonidan xar birlariga 5kg guruch, 5kg sabzi, 5l o‘simlik yog‘i va 2 kgdan go‘sht hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Tadbir so‘ngida bilim yurti hamshirasi S.Ustaboev so‘zga chiqib, ko‘rsatilgan alohida e’tibor, hurmat va ehtirom uchun minnatdorchilik bildirdi.
Bilim yurti matbuot xizmati