Яратилиш санаси 20.03.2024

“Navro‘z o‘zaro totuvlik, do‘stlik va hamjihatlik”

Joriy yil 20-mart  kuni Navro‘z bayrami munosabati bilan “Navro‘z o‘zaro totuvlik, do‘stlik va hamjihatlik” mavzusida tadbir tashkil etildi. Unda o‘qituvchiva talabalar etdilar. 

Tadbirni bilim yurti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat  bo’limi boshlig’i Nasritdinov Rivojiddin ochib bugungi tashkil etilgan tadbirning  maqsadi va mazmun mohiyati haqida so‘z yuritib, Navruz bayrami bilan tabriklsh uchun so’zni, bilim yurti  mudiri  Abdulaziz Bobamirzaevga  berdi. 

Notiq o‘z so‘zida ishtirokchilarga Navro‘z bayrami munosabati bilan “Navro‘z o‘zaro totuvlik, do‘stlik va hamjihatlik” mavzusida  ma’lumotlar berib O‘zbekiston xalqining ham qator bayramlari borki har yili ularni shodiyona tantanali ravishda o‘tkazib boriladi. Xuddi shunday milliy  bayramlarimizdan biri bahor bayrami, ya’ni Navro‘z bayramidir. Biz o‘tkazadigan Navro‘z bayrami otashparastlar nishonlaydigan navro‘z emas, balki qish faslidan chiqib, bahor ayyomiga salomat etganimiz hamda erga urug‘ qadaydigan fursat etgani munosabati bilan dehqonlarning ham bahor bayrami sifatida nishonlaydigan mavsumiy tadbirlardan xisoblanadi.

Ustoz va talabalarni bayram bilan tabriklash uchun so’zni bilim yurti 1-kurs 55-guruh talabasi Arabboyev Elshod ga berdi. Notiq o’z so’zida ustoz va talabalarni “Navro‘z o‘zaro totuvlik, do‘stlik va hamjihatlik” bayrami bilan tabriklab Navruz bayrami to’g’risida ma’lumotlar berib o’tdi. 

Bayram tadbiri davomida bilim yurtida Navro‘z bayrami  shukuxini yanada ko‘tarinki xolatda o‘tkazish maqsadida dosh qozonlar osib xodimalar tashabbusi bilan sumalak qilindi va o‘qituvchi, xodimlar va talabalar ishtirokida bayram darsturxoni yozilib duoi-xayrlar qilindi. 

Tadbir yakunida  ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mazmunli javoblar oldilar.

Bilim yurti matbuot xizmati