Яратилиш санаси 17.02.2022

Al-Binoya sharhul Hidoya asari mo‘tabar sharh (2-qism)

Badriddin Ayniy o‘zining “Al-Binoya sharhul Hidoya” kitobining muqaddimasida quyidagi so‘zlarni keltirib o‘tadi: “Al-Hidoya sharhu Bidayatil Mubtadiy” kitobi olimlarni xursand qilgan, fazilatli kishilarni faxrlantirgan kitobdir. Hatto madrasada mudarrislarning asosiy qo‘llanmasiga, majlislarda olimlarning ishongan kitobiga aylandi. Olimlar har doim “al-Hidoya” kitobi bilan mashg‘ul bo‘lishdi. Hamma joyda ta’lim berishdi. Bu kitob – daqiq hazinalarni o‘z ichiga olgan, haqiqat belgilarini jamlagan, muxtor fatvolarni qamrab olgan, mufassal xulosali, masalalarga ishonchli javob beruvchi, ajoyib va g‘aroyib qoidalari batafsil bayon qilingan, fiqh qoidalariga muvofiq va masalalari tartibga soligan kitobdir. Mana shuning uchun ham ko‘plab olimlar va faqihlar bu kitobni sharhlashga, sir asrorlarini tushuntirishga bel bog‘lashdi”.

Bir odam bir kitobdan ta’lim berishi uchun o‘z ustozidan ana shu kitobni o‘qitishga ijozat (ruxsat) olishi kerak. Badriddin Ayniy ham “Hidoya”ni ta’lim berish uchun ustozlaridan ijozat olgan. Badriddin Ayniy to‘rtta ustozdan “Hidoya”ni ta’lim berish uchun ijozat olgan. Quyida ularning Burhoniddin Marg‘inoniygacha bo‘lgan silsilasini keltirib o‘tamiz:     

  1. Menga shayxim, ustozim Sharofiddin ibn Abu Ruh Iso ibn Xos, u kishiga Fozilxo‘ja ar-Rumiy, u kishiga Shamsiddin Taksiriy, u kishiga Najmiddin Taksiriy, u kishiga Hisomiddin Husayn Sag‘noqiy, u kishiga alloma Muhammad ibn Muhammad ibn Nasr al-Buxoriy, u kishiga Alloma Shamsiddin Muhammad ibn Abdussattor ibn Muhammad al-Imodiy, u kishiga muallif Burhoniddin Marg‘inoniy (hammalaridan Alloh taolo rozi bo‘lsin) rivoyat qilgan.
  2. Menga ustozim, alloma Jamoliddin Yusuf ibn Muso, u kishiga Shamsiddin ibn Amin ad-Davla, u kishiga ustozimiz, alloma Amir Kotib ibn Amir Umar al-Ataroziy al-Itqoniy, u kishiga Burhoniddin Ahmad ibn Muhammad ibn Sa’d ibn Muhammad al-Buxoriy, u kishiga Shayx Hofiziddin, u kishiga Shamsiddin al-Kardariy, u kishiga muallif Burhoniddin Marg‘inoniy (hammalaridan Alloh taolo rozi bo‘lsin) rivoyat qilgan.
  3. Menga ustozim, imom alloma as-Siyromiy, u kishiga shayh Sirojiddin, u kishiga alloma Sayyid Sharif, u kishiga Hisomuddin Husayn Sag‘noqiy, u kishiga alloma Muhammad ibn Muhammad ibn Nasr al-Buxoriy, u kishiga Alloma Shamsiddin Muhammad ibn Abdussattor ibn Muhammad al-Imodiy, u kishiga muallif Burhoniddin Marg‘inoniy (hammalaridan Alloh taolo rozi bo‘lsin) rivoyat qilgan.
  4. Menga ustozim, imom Jaloliddin as-Sayriy, u kishiga alloma al-Misriy, u kishiga imom Qovvamuddin al-Ataroziy, u kishiga Burhoniddin Ahmad ibn Muhammad ibn Sa’d ibn Muhammad al-Buxoriy, u kishiga Shayx Hofiziddin, u kishiga Shamsiddin al-Kardariy, u kishiga muallif Burhoniddin Marg‘inoniy (hammalaridan Alloh taolo rozi bo‘lsin) rivoyat qilgan.

 

Ko‘rib turganingizdek musulmon olimlari bir kitobni sharhlashdan yoki ta’lim berishdan avval bu kitobni o‘qitish uchun ijozat (ruxsat) olishgan.

Ismailov Akramxon

“Hidoya” o'rta maxsus islom
bilim yurti mudarrisi

Изоҳ қолдириш

Изоҳлар