Яратилиш санаси 09.04.2024

Davra suhbati

Joriy yil 9 aprel kuni bilim yurtida Ramazon hayiti munosabati bilan “Ramazon hayiti muborak” mavzusida tadbir o‘tkazildi. 

Tashkil etilgan tadbir suhbatini  bilim yurti  Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i R.Nasritdinov  ochib tashkil etilgan tadbir haqida to‘xtalib o‘tdi va Ramazon hayiti bilan tabriklash uchun so‘zni bilim yurti mudiri Abdulaziz Bobamirzaevga berdi. 

Bilim yurti mudiri A.Bobamirzayev bilim yurti o‘qituvchi, xodim va talabalarini yaqinlashib kelayotgan “RAMAZON HAYITI” bayrami bilan qutladi. Tadbir davomida talabalarni 2024-yil 9-apreldan 13-aprelga qadar ramazon hayiti munosabati bilan dam olish jarayonida e’tibor berishlari lozim bo‘lgan jihatlariga  to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, dam olish  davrida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qilish va Ramazon hayitini mazmunli o‘tkazishlarini ham ta’kidlab o‘tib, bayram munosabati bilan uyushtiriladigan turli kechalar, ko‘ngilochar joylarga  va kishilar jamoat bo‘lib to‘planadigan norasmiy masjidlarda jamoat bo‘lib namoz o‘qimaslik va ularga imomlikka o‘tmaslik,  dam olish kunlarida ko‘rsatilgan tartib-intizomga  amal qilish to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.

Tadbir davomida xomiylar tarafidan berilgan “MISHKOT AL-MASOBIH SHARHI”, “RIYOZUS SOLIHIN SHARHI”, “SUNANI TERMIZIY SHARHI”, “HIDOYA” 200 dona  to‘plam kitoblarni  bilim yurti o’qituvchi, xodim va talabalarga beg‘araz tarqatildi.

Tadbir yakunida homiylarni jalb qilgan holda o’qituvchi va xodimlarga 50 dona (250 000 so‘m) shim tarqatildi. Ja’mi 12 500 000 so‘m.

Tadbir  yakunida o‘qituvchi, xodim va talabalarni  Ramazon hayiti bilan tabrikladi.

Bilim yurti Matbuot xizmati

Изоҳ қолдириш

Изоҳлар