Bilim yurtida uchrashuv bo'lib o'tdi...
Joriy yil 18 aprel kuni bilim yurtida “Ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish” yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari Xatamov Jamshed Muxtarovich, Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi ilmiy xodimi tarix fanlari doktori Jo‘rabek Cho‘tmatov va bilim yurtining o‘qituvchi va talabalari ishtirok etdilar.
Tadbirni bilim yurti yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i R.Nasriddinov ochib, tadbir yuzasidan ishtirokchilarga qisqacha ma’lumot berdi hamda so‘zni Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi ilmiy xodimi tarix fanlari doktori Jo‘rabek Cho‘tmatovga berdi.
Notiq o‘z so‘zida ma’lumki, Islom dini insonlarni ilm olishga keng targ‘ib qiladi. Payg‘ambarimiz sollalloxu alayxi vasallamga nozil qilingan dastlabki oyatlarda o‘qishga buyurilishning o‘zi xam Islom dini ilmu-ma’rifat dini ekanining yorqin dalilidir. Allox taolo ilmni qiyomatgacha bandalar uchun ma’rifatga erishish, xaqiqatni topish, ikki dunyo saodatiga erishish vositasi qildi. Ilmsizlik esa insoniyatni tubanlikka, xalokatga olib borishini bildirdi. Bugungi kun yoshlariga juda ko’p imkoniyatlar yaratib berilgan. Yoshlarimiz bu imkoniyatlardan oqilona va to’g‘ri foydalanishlari lozim.
Taraqqiyotimizning yangi davrida diniy sohada juda katta islohotlar amalga oshirilayotgani, bugungi kun diniy soha xodimi zamonga ziyraklik, teran fikr bilan qarashi, o‘zining ustida muntazam ishlashi va imomlik sharafli xizmat ekani hamda mo‘min-musulmonlarning diniy-ma’rifiy sohada ehtiyojlarini qondirish uchun tinimsiz izlanib, xizmat qilishlari zarurligiga alohida urg‘u qaratilishi hamda bitiruvchi yoshlar uchun kelgusida o‘z ustilarida muntazam izlanish olib borish va ushbu xizmat davomida muqaddas islom dini ma’rifatini keng yoyish, xalq, vatan oldidagi burchlarini sidqidildan ado etish yo‘lida talaba yoshlarga iliq tilaklar bildirildi.
Tadbir so‘ngida o‘qituvchi talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mehmonlar tomonidan javoblar oldilar.
Bilim yurti matbuot xizmati