"Rosulullohda go'zal o'rnak bor" mavzusida ma'rifiy uchrashuv bo'lib o'tdi.
"Hidoya" o'rta maxsus islom ta'lim muassasasida sentyabr oyi — "Islom tarixi, diniy an'ana va marosimlar hamda Oʻzbekistonning eng yangi tarixi fanlari oyligi" deb e'lon qilingani munosabati bilan ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbirga O‘zbekiston musulmonlari idorasining Namangan viloyati vakili, Ulamolar kengashi a’zosi Abdulloh domla Samatov mehmon sifatida tashrif buyurdilar.
Tadbirda so‘zga chiqqan Abdulloh domla pedagog-o’qituvchi va talabalarga "Rosulullohda go'zal o'rnak bor" mavzusida ma'ruza qilib, Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning hayot yo‘llari, xulq-atvori, har bir inson uchun hayotiy dasturilamal bo‘ladigan go‘zal fazilatlarini hayotiy misollar va chuqur hikmatlar asosida tushuntirib berdilar.
Shuningdek, Abdulloh domla o'z ma'ruzasida: "Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning siratlarini o‘rganish shunchaki tarixiy ma’lumotlarni yod olish emas, balki ularni kundalik hayotimizga, muomalaga, ilm olishga bo'lgan munosabatimizga tatbiq etish demakdir," – deya ta’kidladilar.
Tadbir yakunida ta’lim muassasasi rahbariyati va jamoasi tashrif buyurgan aziz mehmonimizga o‘zining samimiy minnatdorchiligini bildirib, bunday ma'rifiy uchrashuvlar yoshlarning ilm yo'lidagi azmi-shijoatini yanada oshirishiga umid bildirdilar.

















Ta'lim muassasasi Matbuot xizmati