Яратилиш санаси 28.09.2026

Ajdodlar merosi – ma’naviy taraqqiyot poydevori

"Hidoya" o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida “Axborot va murabbiylik soati” doirasida yoshlar tarbiyasiga bag‘ishlangan “Ajdodlar merosi – ma’naviy taraqqiyotimiz poydevori” mavzusida mazmunli davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Ma’rifiy uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar quyidagilarga qaratildi:

  • Qadriyatlar bardavomligi: Ustoz va murabbiylarni e’zozlash, ularga hurmat ko‘rsatish xalqimizning azaliy milliy va diniy qadriyatlarining ajralmas qismi ekanini yoshlar ongiga chuqur singdirish.
  • Ustoz-shogird an'analari: Ajdodlardan meros bo‘lib kelayotgan boy ustoz-shogird an’analarini ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash hamda yoshlarda muallimga yuksak ehtirom ruhini shakllantirish.
  • Ma'naviy immunitet: Zamonaviy axborot xurujlari va globallashuv davrida yoshlarning milliy o‘zligini, xususan, sharqona odob va ustozga sadoqat fazilatlarini unutmasligi muhimligini tushuntirish.
  • Zamon va an'ana uyg'unligi: Ustozga bo‘lgan hurmatni yuksak ma’naviy mezonlar bilan uyg‘un holda olib borish va uni bugungi zamon talablariga mos ravishda yanada boyitish ahamiyatini ta’kidlash.

Ma’naviyat va taraqqiyot uyg‘unligi

Davra suhbati davomida"O‘tmish merosini qadrlamay turib, porloq kelajakni qurib bo‘lmaydi. Ustozlar o‘gitini qadrlash – bu ajdodlarimiz qoldirgan ulkan ma'naviy xazinaga va ertangi kunimizga bo‘lgan cheksiz hurmat demakdir," – deya ta’kidlandi.

Tadbirda Ta'lim muassasasi Tarbiyachi-pedagog I.Dadabayev hamda 2-bosqich talabalari ishtirok etdi.

Ta'lim muassasasi Matbuot xizmati