Ишга тақсимот
Joriy yil 18-aprel kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi ilmiy-tadqiqot bo‘limi metodisti Abdulnosir Bobamirzayev masjidlar bilan ishlash bo‘limi mas’ul xodimi hamda O‘MI ta’lim Muxammadamin Nasriyevlar “Hidoya” o‘rta maxsus islom bilim yurtining 2023-2024 o‘quv yili bitiruvchilarini ishga taqsimot qilish loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha 4-kurs talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdilar.
Tashrif mobaynida mehmonlar bilim yurtida yaratilgan shart-sharoitlar hamda o‘quv xonalari, axborot resurs markazi, sport zali va talabalar turar joyi bilan yaqindan tanishdilar.
Uchrashuv so‘ngida bilim yurtining 2023-2024 o‘quv yili bitiruvchilarini ishga taqsimot qilish bo‘yicha davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda 35 nafar bitiruvchilarni ishga taqsim qilish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Shu bilan bir qatorda mehmonlar ta’limni davom ettirmoqchi bo‘lgan bitiruvchilar bakalavr bosqichida o‘qish uchun Respublika oliy ta’lim muassasalarining biriga hujjat topshirishlari mumkinligi yoki kelgusi ishlarida masjidlarda faoliyat olib borishlari uchun yurtimiz taraqqiyotining yangi davrida diniy sohada juda katta islohotlar amalga oshirilayotgani, soha vakillari oldida turgan muhim vazifalar haqida so‘z yuritib, imomlik sharafli maqom bo‘lishi bilan birga o‘ta nozik va mas’uliyatli ish ekani, har bir imom bu haqiqatni bir zum bo‘lsada esidan chiqarmasligi va jamiyatning eng namunali va oldi kishisi bo‘lishi lozimligiga urg‘u qaratdilar va kerakli bo‘lgan muhim ko‘rsatma va tavsiyalar berdilar.
Bilim yurti matbuot xizmati