“Ustozga hurmat – milliy qadriyatlarimizning yorqin ifodasi”
“Hidoya” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida “Ma’naviyat soati” doirasida yoshlar tarbiyasiga bag‘ishlangan “Islom – tinchlik dini” shiori ostida “Ustozga hurmat – milliy qadriyatlarimizning yorqin ifodasi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirning asosiy maqsadi:
• Ustoz va murabbiylarni e’zozlash, ularga hurmat ko‘rsatish xalqimizning azaliy milliy va diniy qadriyatlarining ajralmas qismi ekanini yoshlar ongiga singdirish.
• Ajdodlardan meros bo‘lib kelayotgan boy ustoz-shogird an’analarini asrab-avaylash hamda yoshlarda muallimga ehtirom ruhida yondashish ko‘nikmalarini shakllantirish.
• Zamonaviy axborot xurujlari va globallashuv davrida yoshlarning milliy o‘zligini, xususan, sharqona odob va ustozga sadoqat fazilatlarini unutmasligi muhimligini tushuntirish.
• Ustozga bo‘lgan hurmatni yuksak ma’naviy mezonlar bilan uyg‘un holda olib borish va zamon talablariga mos ravishda rivojlantirish ahamiyatini ta’kidlash
Davra suhbati davomida so‘z olganlar yoshlarning bugungi kundagi dunyoqarashi, xususan, ustoz-murabbiylarga bo‘lgan hurmat-ehtiromi milliy va diniy qadriyatlarimizning yorqin ko‘zgusi ekaniga alohida to‘xtalib o‘tdilar.
Xususan, ustozlar o‘gitini qadrlash – bu ertangi porloq kelajakka bo‘lgan hurmat ekanligi, har bir talaba o‘zining asl ildizlarini, ezgu ustoz-shogird an’analarini unutmagan holda zamonaviy ilm-fan va zamon talablarini chuqur egallashi zarurligi e’tirof etildi.
Tadbirda Ta'lim muassasasi ma'naviy-ma'rifiy ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari R.Nasriddinov, Tarbiyachi-pedagog I.Dadabayev, guruh rahbari A.Yoqubjanov hamda 1-bosqich talabalari ishtirok etdi.










Ta'lim muassasasi Matbuot xizmati