Ta'lim muassasasida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi!
“Hidoya” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida sentabr oyi “Islom tarixi, diniy an’ana va marosimlar hamda O‘zbekiston eng yangi tarixi” fanlari oyligi deb e’lon qilindi. Shu munosabat bilan ta’lim muassasasida mazkur fanlarga oid boy adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil etilib, talabalar kitoblar olami bilan yaqindan tanishtirildi.
Ko‘rgazmada islom tarixi fanining asosiy darsliklaridan biri bo‘lgan Muhammad Huzoriyning “Nurul yaqin fiy siyroti sayyidil mursalin” asarining bir necha nashrlari, unga yozilgan “Al-fathul mubin sharhu nuril yaqin fi siyroti sayyidil mursalin” sharhi hamda “Itmamul vafo fiy siyrotil xulafo” kitoblari talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.









Shuningdek, islom tarixi va siyrat fanida muhim o‘rin tutuvchi quyidagi mumtoz va zamonaviy asarlar namoyish etildi:
- Ibn Kasirning “Al-bidoya vannihoya”
- Zahabiyning “Siyaru a’lamin nubalo”
- Muhammad ibn Ishoqning “As-siyra an-nabaviya”
- Safiyurrahmon Muborakfuriyning “Ar-rohiq al-maxtum”
- Imom Tabariyning “Ta’rixi Tabariy”
- Muhammad Ali Sobuniyning “Nubuvvat va anbiyo”
- Qozi Iyozning “Ash-shifo bita’rifi huquqil mustafo”
Bundan tashqari, Abdulazim Ziyovuddin tomonidan tayyorlangan “Nurul yaqin” kitobining ilmiy-akademik tarjimasi, “Siz Payg‘ambarni ko‘rganmisiz?”, “Siz Payg‘ambarni taniysizmi?”, “Rasululloh va ahli bayt” kabi ma’naviy-ma’rifiy nashrlar hamda siyrat faniga bag‘ishlangan boshqa zamonaviy adabiyotlar haqida ham batafsil ma’lumot berildi.
Ta’lim muassasasi matbuot xizmati