Ijara shartnomasi
Ijara - arabcha “ajr” so‘zidan yasalgan ismdir. “Ajr” so‘zining esa lug‘atda ikki xil ma’nosi bor:
- Biron ish uchun ujra, ya’ni haq to‘lash va kira ma’nosida.
- Siniq narsani tuzatmoq, yordambermoq.
Demak ijara so‘zini tashkil qilgan “alif”, “jim” va “ro” harflari ikkita asliy ma’nogadalolat qiladi. Birinchisi, ish va xizmat uchun beriladigan ujra (evaz), ikkinchisi esa singan suyaknituzatmoq. Mazkur ikki ma’noni bir biriga muvofiqlashtirib bog‘lovchi illat shuki, ishchiga beriladigan ujra bamisoli, qilgan og‘ir mehnatitufayli unga yetgan mashaqqatni yengillatib, moddiy holatiga malham bo‘ladigan narsagao‘xshashligidir[1].
Boshqa ta’rifda“ijara arabcha «ajara»,«ya’juru» (haq to‘lamoq,xizmat haqini bermoq)fe’lidan olingan qoidadan mustasno bo‘lgan fe’lningnoaniq shakli bo‘lib,ma’nosi xizmat uchun mukofot degani”deyiladi[2]. Mulla Ali Qori ijara so‘zining ma’nosiga to‘xtalar ekanlar, u “ajara-ya’jiru yoki ya’juru “ajrun” so‘zidan yasalgan otdir” deydilar. Ajr esa biron xizmat uchun beriladigan evaz demakdir. Chunonchi, savob ham ajr deb ataladi. Chunki, Alloh taolo uni bandaning amali uchun evaz qilib bergan[3]. MuhammadSodiq Muxammad Yusuf hazratlari: “Ijaralug‘atda “ijara”, “ajr”, “berilganhaq” ma’nosini bildiradi”- deydilar[4]. Yana boshqa ta’rifda ijara lug‘atda “ujra” ya’ni to‘lov uchun qo‘yilgan ism bo‘lib, ijarachiga beriladigan haqqa aytiladi. Uning hamza bilan kelishi mashxur. Zamma bilan ham o‘qiladi va u “olingan narsa” ma’nosida bo‘lib, amal uchun beriladigan evaz ma’nosini anglatadi. Ammo bunga o‘xshab kelishi kamdir.
Yana “ajjaro, aajaro ijaaron va ijaarotan” vaznida bo‘lib, masdari ham shu ko‘rinishda keladi.Mana shu ko‘rinish istilohiy ma’noga ham yaqindir[5].
Shar’iy istilohdaesa ijara deb muboh (ruxsatberilgan) bo‘lgan ma’lum manfaatni ma’lum moliyaviy evazga sotishga aytiladi[6]. Masalan, birorta uyni biror kishiga ma’lum muddatga, ma’lum haq evaziga foydalanishga berish ijaradir[7]. Uy o‘z egasinining ixtiyorida, ya’ni mulkidaqoladi, ijaraga oluvchifaqatgina o‘sha uydan hosil bo‘ladigan manfaatdan foydalanishnigina sotib oladi. Ijaraga yollanib ishlaydigan kishilarda ham huddi shunday, bunda ma’lum haq evaziga ma’lum ishga yollanuvchi kishi faqat o‘z mehnatini ya’ni manfaatini sotadi.
Shuning uchun ham ijara qisqa qilib, “naf yoki manfaat savdosi”deyiladi. Imom Marg‘inoniy ijarani ta’rifida: “Ijara moliyaviy evaz muqobiliga manfaatlar ustida bitim tuzishdir”, deydilar. Boshqa ta’rifda: Ijara ma’lum ashyodanma’lum muddatga, ma’lum evaz bilan muboh yo‘lda foydalanishga bitim tuzish, yoki ma’lum ish uchun ma’lum evaz hisobiga va muayyan muddatga bitim tuzish, deya izohlanadi[8]. Shunga ko‘ra, aynning (ashyo, predmet, mol-mulkning,) o‘zidan foydalaniladigan ijara joiz emas. Masalan, ichida baliq bo‘lgan ko‘llarni baliq ovlash uchun ijaraga berish mumkin emas. Ichida suvi bor quduqni, bedali yaylovlarni ijaraga berish ham shu jumladandir. Chunki,baliq, suv, o‘t-o‘lan foyda emas, balki, ayn - ashyo hisoblanadi. Yana bir ta’rifda: shariatda esa, ma’lum evaz badaliga bir narsani bag‘ishlash va muboh qilishga oid qasd qilingan ahdnomaga ijara, deyiladi.
Ma’lum evaz badaliga, deyilganidan, ma’lum evaz badaliga bo‘lmaydigan, hiba, vasiyat, sheriklik va oriyatgaberish kabi muomalalar ijaraga kirmasligi anglanadi.
“Bir narsanibag‘ishlash va muboh qilish”, deganidanesa jinsiy aloqagaoid aqdlar chiqib ketadi, chunki u ijara deyilmaydi. Erkak hayvonlarni (erkakligidan istifoda qilish uchun) ijaraga olib bo‘lmaydi.
“Qasd qilingan”deganidan qasd qilinmagan, arzimagan narsalar chiqibketadi. Ular ham ijara deyilmaydi.
“Ma’lum” deyilganidan noma’lum narsalarga odam yoki narsa ishlatish chiqib ketadi. Unday aqdni muzoraba yoki ju’ola, deyiladi.
Hanafiy mazhabida esa, qisqa qilib: “Ijara evazli manfaatlar uchun tuzilgan aqd(bitim)dir”, deyiladi. Ya’ni, ijaradaikki tomonning manfaati asos bo‘ladi. Ijaradamulk bir tomondan ikkinchi tomonga bir yo‘la o‘tish ham yo‘q. Shuningdek, bir narsadan bir tomonmanfaat olib, ikkinchitomon manfaat olmasligi ham yo‘q”[9].
[1] Ibn Foris. Mu’jam maqoyis al lug‘at. – Bayrut: Dor-ul-jiyl, 1420h. –J. 1. –B.62.
[2] Al Jazariy Abdurahmon. Al fiqh alal mazahibal arba’a.– Bayrut: Dor-ul-fikr, 1990. –J. 3. –B. 53.
[3] Ali Qori. Sharhulviqoya. – Livan: Dor-ul-fikr, 2000.–J.3. –B. 234.
[4] Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Hadis va hayot. –Toshkent:Sharq, 2016. –J. 11. –B. 52.
[5] Al-mavsu’a al-fiqhiyya al-kuvaytiyya. -Kuvayt: Vazarotul avqof vash shu’un al-islamiyya (vaqf va diniy ishlar vazirligi). – J. 1. –B. 252.
[6] Ali Qori. Sharhulviqoya. - Livan: Dor-ul-fikr, 2000. – J. 3. –B. 234.
[7] Marg‘inoniy Burhoniddin. Al-Hidoyasharhu bidoyatil mubtadiy.– Bayrut: Dor-ul-kutub al-ilmiyya, 1410h- 1990m.–J. 2.
[8] Qavnaviy Qosim bin Abdulloh.Anisul-fuqaho. –Jidda: 1406.–B. 259.
[9] Muhamamd Sodiq MuhammadYusuf. Hadis va hayot. – Toshkent: Sharq, –J. 11. –B. 65.
Ismailov Akramxon
“Hidoya” o'rta maxsus islom
bilim yurti mudarrisi