Яратилиш санаси 30.04.2024

Huquqingizni bilasizmi?

Joriy yil 29-aprel kuni bilim yurtida “Ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish yuzasidan umumprofilaktik“ tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda bilim yurti mudiri  Abdulaziz Bobamirzayev, o‘quv ishlari bo‘yicha mudir o‘rinbosari Sodiqjon Madmusayev, yoshlar bilan ishlash, manaviyat va marifat bo‘limi boshlig‘i Rivojiddin Nasritdinov, bilim yurti huquqshunos-maslahatchisi Tohirjon Tadjialiyev hamda bilim yurti o‘qituvchi, xodim va talabalari ishtirok etdilar. 

Tadbirni bilim yurti mudiri A.Bobamirzayev ochdi va olib bordi. Notiq o‘z so‘zida bugungi kunda odamlar ongini zabt etish va boshqarishning yangi usullari ko‘payib bormoqdaligi, internet va ijtimoiy tarmoqlarda nosog‘lom axborot tarqatilishi natijasida dunyoning turli nuqtalarida beqarorliklar yuzaga kelayotgani barchamizga sir emasligi, global dunyoning turli ta’sir vositalari ko‘pligi yaxshi-yu, ularning ezgulik yo‘lida emas, nomaqbul g‘oyalar tashviqotiga ishlatilayotganligini ta’kidlab, bunday narsalardan barchani birdek xushyor bo‘lishga chaqirdi. 

Shundan so‘ng bilim yurti huquqshunos-maslahatchisi T.Tadjialiyev ham so‘z olib, tadbir qatnashchilariga diniy soha xodimlari tomonidan diniy ta’limdan noqonuniy saboq olish va saboq berish hamda xususiy diniy ta’lim berish mumkin emasligi, ijtimoiy sahifalarda diniy materiallarni tegishli ruhsatnomalarsiz tarqatmaslik va tayyorlamaslik, faoliyati to‘xtatilgan masjid  hamda o‘zi tayinlanmagan masjidda bundan tashqari amaliyot davridan boshqa vaqtda masjid faoliyatiga aralashmaslik, chet ellarda ta’lim olish DIQ orqali qonuniy bo‘lishligi, xususiy kurslarda (maxsus ruxsatnomasiz) dars bermasligi, noqonuniy nikohni (zagssiz) o‘qiganlik uchun javobgarlikka tortilishi, shuningdek, qo‘sh xotinlik va unga targ‘ib qilish, OAVda chiqish hamda internet ijtimoiy tarmoqlarda shaxsni sha’ni, qadr qimmatini kamsituvchi ma’ruzalar qilishning oqibatlari va  uning ortidan ma’muriy hamda jinoiy javobgarlikka tortilishiga asos bo‘lishini qonuniy jihatlarini batafsil yoritib berdi.

Shuningdek ishtirokchilarga internet sahifalardan foydalanishda uz domenidagi rasmiy kanallarga murojaat qilishlari tavsiya etildi. 

Ishtirokchilar yuqoridagi masalalar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ma’ruzachilardan mazmunli javob oldilar.

Tadbir so‘ngida o‘qituvchi, xodim va talabalardan yuqorida sanab aytib o‘tilgan kanchiliklarni sodir etmaslik yuzasidan iqrornomalar olindi. 

Bilim yurti matbuot xizmati