Яратилиш санаси 02.05.2024

Namangan viloyatidagi tarixiy qadamjolarga sayohat...

“Hidoya” o‘rta maxsus islom bilim yurtida muhtaram Prezidentimizning yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha ilgari surgan beshta muhim tashabbusi ijrosi hamda 2023-2024 o‘quv yilida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar samaradorligini yanada oshirishga yo‘naltirilgan “Ma’naviy – ma’rifiy” tadbirlar rejasining 3-bandiga va 2024-yil davomida “Yoshlar bilan amalga oshiriladigan diniy-ma’rifiy, axborot va tashkiliy ishlar” tadbirlar rejasining 2-bandiga muvofiq bilim yurti talabalari joriy yil 1-may kuni “Ajdodlar merosini o‘rganish” mavzusida yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi uslubchisi Hoshimjon Qodirov, bilim yuri tarbiyachisi Muhammadsolih Muhammadiyev, Ismoil Ishanov va bilim yurti talabalaridan ja’mi 40 nafari bilan birgalikda safar uyushtirildi.

Sayohatning bugungi manzili – Namangan viloyatida joylashgan tarixiy qadamjolaridan bo‘lmish Ishoqxon to‘ra Ibrat maktabi, Prezident maktabi va Axsikent arxeologiya parki tarkibidagi Yangi Axsi majmuasiga tashrif buyurildi. 

Sayoxat davomida Namangan shahrida joylashgan Prezident maktabi, Axsikent arxeologiya parki tarkibidagi Yangi Axsi majmuasi hamda Ishoqxon  to‘ra  Ibrat, hayoti va faoliyati, uning ezgu ish va amallari haqida tarixiy manbalar asosida batafsil tushuncha berildi. 

Bundan tashqari talabalar majmua tarkibidagi muzey va muzeydagi eksponatlar, kitobihamda eski qo‘lyozmalar bilan yaqindan tanishdilar. Majmua bilan tanishish jarayonida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassis tomonidan javob oldilar.

“Hidoya” o‘rta maxsus islom bilim yurtida ma’naviy va ma’rifiy ruhdagi bunday tadbirlarning tez-tez o‘tkazilib turilishi talabalarning o‘tmish tariximizni yaxshiroq o‘rganishi, hozirgi oydin hayotimizga shukronalik  hamda buyuk kelajagimizga ishonch tuyg‘ularining shakllanishiga asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Bilim yurti matbuot xizmati