“Xotira va qadrlash kuni”
Joriy yil 8 may kuni bilim yurti yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘ining 2023-2024 o‘quv yili ish rejasining 3-bandi ijrosi yuzasidan bilim yurtida 9 may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda bilim yurti o‘quv ishlari bo‘yicha mudir o‘rinbosari S.Madmusaev, yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i R. Nasritdinov, o‘qituvchi va talabalar etdi.
Tadbirni bilim yurti o‘quv ishlari bo‘yicha mudir o‘rinbosari S.Madmusaev ochib 9 may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ulug‘ vatan urish qatnashchilariga yurtboshimimiz tashabbuslari bilan ko‘rsatilayotgan xurmat va extirom to‘g‘risida so‘z yuritib tadbirni davom ettirish uchun yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi uslubchisi Qodirov Xoshimjonga berdi.
Notiq o‘z so‘zida yurtimizda an’anaviy nishonlanadigan alohida e’tibor qaratiladigan kunlardan biri “Xotira va qadrlash kuni”dir. Bu kunda biz o‘tmishda o‘tgan ajdodlarimiz, xususan Vatan ozodligi va xalqimizning farovonligi yo‘lida jonlarini fido qilib, bugungi kunda olamdan o‘tib ketgan barcha fidoyi yurtdoshlarimizni yodga olamiz. Biz o‘tganlarni maxsus bir kunda, ayni 9 mayda xotiralashimiz ramziy ma’noda bo‘lib, aslida har doim, har lahzada ularni eslab duolar qilamiz, ularning hayot yo‘llarini o‘rganib, ulardan namunalar olamiz. SHuningdek, kelajak avlod bo‘lmish farzandlarimizga ham o‘tgan ajdodlarmizning hayoti biz uchun ulkan namuna ekanini uqtirib kelamiz. Ularning yaxshiliklarini hamisha, har doim yodda tutamiz, zero, “O‘tmishsiz kelajak yo‘q” deb bejizga aytilmagan.
Tadbir so‘ngida tilovati Qur’on qilib, xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar hamda o‘tganlar ruhiga bag‘ishlab duoi xayrlar qilindi.
Bilim yurti matbuot xizmati